O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

YXHT 28-iqtisodiy va ekologik forumining yakuniy yig‘ilishida korrupsiyaga qarshi kurashda O‘zbekiston tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar taqdim etildi

15.09.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 10-11-sentabr kunlari Praga shahrida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (YXHT) 28-iqtisodiy va ekologik forumining yakuniy yig‘ilishi "Innovatsiyalarni qo‘llash, shaffoflikni oshirish va raqamlashtirish orqali korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish orqali YXHT mintaqasida xavfsizlik, barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash" mavzusida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va BAA ko‘p qirrali hamkorlikni davom ettiradi

15.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 14-sentabr kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov va Birlashgan Arab Amirliklarining hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulla al-Gergavi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

YXHTning “Terrorizm hamda unga olib boruvchi tajovuzkor ekstremizm va radikallashuvga qarshi samarali sheriklik” mavzuidagi onlayn konferensiyasi toʻgʻrisida

15.09.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yilning 14-sentabr kuni “Terrorizm hamda unga olib boruvchi tajovuzkor ekstremizm va radikallashuvga qarshi samarali sheriklik” mavzuida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) yuqori darajadagi terrorizmga qarshi onlayn konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Ar-Riyodda O‘zbekistonning Xalqaro energetika forumiga a’zoligini tiklash masalalari muhokama qilindi

15.09.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

AR-RIYOD, 14-sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulug‘bek Maqsudov Xalqaro energetika forumining (XEF) yangi tayinlangan Bosh kotibi Jozef Mak-Monigl bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Butunjahon hunarmandlar kengashi direktorlar kengashining VIII yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

14.09.2020IqtisodiyotManba: O`zbekiston Respublkasi Savdo sanoat Palatasi

2020-yil 11-sentabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida videokonferensaloqa shaklida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Butunjahon hunarmandlar kengashi (WCC-APR) direktorlar kengashining VIII yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbek va tojik xalqlari – bir daraxtning ikki shoxi, bir daryoning ikki irmogʻi

14.09.2020SiyosatManba: «Yangi O"zbekiston»

Bugun 14-sentabr kuni Dushanbe shahrida "Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlarining doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va ishonchni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi, tojik-oʻzbek strategik hamkorligining yangi sahifasining ochilishi" mavzusidagi ikki kunlik ilmiy-amaliy anjumani oʻz ishini boshladi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Tojikistonga yetib keldi

14.09.2020SiyosatManba: O'zA

DUSHANBE, 13-sentabr. OʻzA maxsus muxbiri Gʻayrat Xonnazarov xabar qiladi.

BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashida Oʻzbekistonning ustuvor yoʻnalishlari taqdim etildi

12.09.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yilning 9-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov “Amnesty International” (“AI”) va “International Service for Human Rights” xalqaro nodavlat tashkilotlarining BMTning Inson huquqlari boʻyicha 2021-2023-yillarda inson huquqlari sohasidagi ustuvor yoʻnalishlari kengashiga nomzod mamlakatlar bilan munozarasiga bagʻishlangan qoʻshma yigʻilishida ishtirok etdi.

Tadeush Bodio: O‘zbekiston Prezidenti inqiroz sharoitida mamlakatni boshqarish qobiliyatini namoyish etmoqda

11.09.2020JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

VARShAVA, 11-sentabr. /«Dunyo» AA/. Varshava universiteti qoshidagi Siyosatshunoslik institutining Sharqshunoslik fakul'teti rahbari, professor T.Bodio ilmiy-tadqiqot ishlari yakuni bo‘yicha «Marshalek» xoldingi tomonidan chop etilgan "Nowa polityka Wschodnia" ("Yangi Sharq siyosati") to‘plamida "O‘zbekiston: davlat to‘liq qayta qurish jarayonida" sarlavhali maqolasini e'lon qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama munosabatlarning muhim masalalarini muhokama qildi

11.09.2020MDHManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kecha  Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

11.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegasiyasining tashrifi doirasida Islomobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakovning Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

UNESCOda O‘zbekistonning nomoddiy merosi targ‘ibotiga doir saʼy-harakatlar taqdim etildi

11.09.2020MadaniyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

8-10 sentabr kunlari O‘zbekistonning doimiy vakolatxonasi Parijdagi UNESCO shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish Konvensiyasiga (2013 y.) aʼzo davlatlar Bosh assambleyasining 8-sessiyasida ishtirok etdi.  

Ozodbek Nazarbekov “Mendirman Jaloliddin” filmi ijodkorlari bilan uchrashdi

10.09.2020MadaniyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi

O‘zbekiston bilan Turkiyani mushtarak til va tarix, o‘xshash madaniyat va an'analarga asoslangan yaqin do‘stlik va qardoshlik munosabatlari birlashtirib turadi. Turkiya O‘zbekiston mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgani ham ana shu qardoshlikning yuksak ifodasi bo‘lgan edi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Iqtisodiy forumining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

10.09.2020MDHManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 9-sentabr kuni videokonferensiya shaklida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Iqtisodiy forumining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tabrikladi

09.09.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. 

Xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha navbatdagi vebinar

09.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi yig‘ilishining 2-bayonnomasi 5–bandi ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi joriy yilning 8-sentabr kuni Moliya vazirligi tomonidan navbatdagi vebinar tashkillashtirildi. Vebinar Jahon bankining “Logistika samaradorligi indeksi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi”, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni tartibga solish cheklovlari indeksi” va INSEAD universiteti hamda Cornell tashkilotining “Global innovasiyalar indeksi” mavzulariga bag‘ishlandi. 

O‘zbekistondagi AQSh va Yevropa Ittifoqi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari vakillari bilan onlayn maslahatlashuvlar o‘tkazildi

09.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 8-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov O‘zbekistondagi AQSh va Yevropa Ittifoqi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari vakillari bilan Respublikaning paxta va to‘qimachilik sohalarini isloh qilishda hamkorlikning istiqbollari muhokamasiga bag‘ishlangan onlayn maslahatlashuvlar o‘tkazdi.