Agentlik, “KPMG” kompaniyasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari ishtirokida “O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayonlarining huquqiy va institusional asoslarini mustahkamlash” hamda “Xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun loyihalari muhokamasiga bag‘ishlangan yakuniy seminar dasturi videokonferensiya orqali o‘tkazildi.
Ushbu vebinarda, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki grant mablag‘lari hisobiga jalb qilingan “KPMG” va “Dentos” kompaniyalarining konsul'tantlari mazkur loyihalar yuzasidan yakuniy taqdimotlarini o‘tkazdi.
“Xususiylashtirish to‘g‘risida” gi Qonun loyihasi muhokamasida ishlab chiqilgan terminlarning tushunchalari haqida ma'lumot berildi. Loyiha muhokamasida Agentlik ishtirokining ahamiyati haqida so‘z bordi.
O‘z navbatida, ekspertlarning xalqaro tajribaga tayangan holda xulosalari va takliflari o‘rtaga tashlandi. Tegishli xulosalarga kelindi.
Eslatib o‘tamiz. joriy yilning 31-sentabr kuni ushbu loyihaning navbatdagi 3-seminari o‘tkaziladi. Undan so‘ng mazkur loyiha nihoyasiga yetadi.
Vebinar yakunida tez orada yangi loyiharni ishlab chiqish va hamkorlikni yuqori darajada davom ettirishga kelishib olindi.
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi