O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida innovatsiya yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

2020-09-28 | Innovatsiya

DEHLI, 28-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Ahadov ushbu mamlakatning “Routern.com” kompaniyasi rahbari Chandrakant Sharma bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda sohalarga innovatsion g‘oyalarni faol joriy qilish, bu yo‘nalishda birgalikda loyihalar amalga oshirish va startaplar ekotizimini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Unda, shuningdek, yaqin kelajakda bajarilishi rejalashtirilayotgan qo‘shma loyihalar tahlil qilindi va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Ch.Sharma ayni paytda butun dunyoda hukm surayotgan pandemiya sharoitida raqamli texnologiyalar, bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalariga bo‘lgan talabning bir necha marotaba oshganini ta’kidladi. Bu borada “Routern.com” kompaniyasi vakili bilan turizm, masofaviy ta’lim, respublikamiz tadbirkorlari, jumladan hunarmandlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni onlayn savdo platformalari orqali keng targ‘ib etish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tish lozimki, “Routern.com” jamoasi 2018-2019 yillarda O‘zbekistonga tashrif buyurib, tegishli vazirlik va idoralarda muzokaralar o‘tkazgan. 2019-yil oktabr oyida esa Chandrakant Sharma Innovatsion rivojlanish vazirligining Hindistondagi faxriy elchisi etib tayinlangan.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться