O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Yevropa parlamenti Tashqi ishlar qo‘mitasi raisi bilan uchrashuv

24.02.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa parlamenti Tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Devid Makallisterni qabul qildi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston ustuvor yo‘nalishlarda muloqotni rivojlantirmoqda

23.02.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 22-fevral kuni qisqa muddatli safar chog‘ida Kobul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzoqov Afg‘oniston Muvaqqat hukumati rahbari vazifasini bajaruvchi Mulla Mulla Muhammad Hasan Oxund bilan O‘zbekiston-Afg‘oniston hamkorligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Oziq-ovqat xavfsizligi va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha milliy strategiyani tayyorlash yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

22.02.2022Sog‘liqni saqlashManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Joriy yilning 21-fevral kuni Davlat statistika qoʻmitasida Oʻzbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha milliy strategiyani tayyorlash yuzasidan niderlandiyalik xalqaro ekspert Tugrul Temel bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston-Eron: innovatsiyalar, sanoat va texnologiya

21.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Tehron shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Eron innovatsiya va texnologiyalar uyiga tashrif buyurdi.

IT Park Sirdaryo viloyati filialida “Welcome day” tadbiri o‘tkazildi

21.02.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sirdaryo viloyatida IT va BPO xizmatlari eksportini rivojlantirish, yoshlarni AKT sohasiga kengroq jalb qilish hamda yuqori maoshli ish bilan ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyatida logistika bo‘yicha axborot kommunikatsiya-texnologiyalarini qo‘llash orqali masofaviy xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etildi. Shu munosabat bilan IT Park Sirdaryo viloyati filialida “Welcome day” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tehronda O‘zbekiston - Eron HKning 14-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

21.02.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Tehron shahrida O‘zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 14-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“CGTN”: “O‘zbekiston kambag‘allikka qarshi kurashda Xitoy tajribasidan unumli foydalanmoqda”

21.02.2022SiyosatManba: O'zA

Xitoy Global televizion tarmog‘i — “CGTN” muxbiri O‘zbekiston kambag‘allikka qarshi kurashda Xitoy tajribasidan muvaffaqiyatli foydalanayotgani to‘g‘risida ko‘rsatuv tayyorladi.

O‘zbekiston va Eron o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi istiqbollarini kashf etmoqda

21.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston hukumati va ishbilarmon doiralari delegatsiyasining tashrifi doirasida Eronga borgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Tehron shahrida Eron Islom Respublikasi Prezidenti Sayid Ibrohim Raisiy bilan uchrashdi.

O‘zbekiston - Qozog‘iston hamkorligi yanada kengayadi

11.02.2022JamiyatManba: O'zA

Toshkent shahrida 11-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Pokiston o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikka intilmoqda

17.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Pokiston Islom Respublikasi tijorat vazirining birinchi o‘rinbosari Muhammad Solih Faruqiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Innovatsion rivojlanish vaziri “Skolkovo” Moskva boshqaruv maktabi prorektori bilan uchrashdi

16.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Skolkovo” Moskva boshqaruv maktabi prorektori Yevgeniy Kaganer bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida I. Abdurahmonov Innovatsion rivojlanish vazirligining tashkil etilishi, uning asosiy vazifalari va amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida AKT sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

16.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri o‘rinbosari Ko Kyu Chang boshchiligidagi delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.

AKT vaziri Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashdi

15.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bugun, 15-fevral kuni, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirining o‘rinbosari Ko Gyu Chang bilan uchrashdi. 

“O‘zbekgidroenergo” AJ va Koreya Respublikasining “K-Water” korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi

15.02.2022Ekologiya

Bugun, 15-fevral sanasida “O‘zbekgidroenergo” AJ va Koreya Respublikasining suv loyihalarini amalga oshiruvchi yirik “K-water” korporatsiyasi o‘rtasida mamlakatimizda yangi qurilishi rejalashtirilgan Xo‘jakent gidroto‘plash stansiyasi (GAES) loyihasini hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.

ITSV va «Skolkovo»: ta'lim ekotizimini shakllantirib, strategik va amaliy menedjment darajasini birlashtiramiz

15.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov “Skolkovo” Moskva boshqaruv maktabi rektori Yu.Levin bilan uchrashdi.

Elektron hukumatni rivojlantirishda Estoniya Respublikasining tajribasi o‘rganilmoqda

14.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Raqamli O‘zbekiston salohiyatini oshirishga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos boshchiligidagi delegatsiya elektron hukumatni ishlab chiqish va joriy etish tajribasi bilan tanishish maqsadida Estoniya Respublikasiga tashrif buyurdi.

Pokiston Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali suhbat to‘g‘risida

11.02.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yilning 10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Vengriya elchisi bilan uchrashdi

10.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

O'zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Vengriyaning  O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Dyula Kovach bilan muzokara o'tkazdi.

O‘zbekiston va Latviya ishbilarmon doiralarining o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirish istiqbollari

10.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Toshkent shahrida Latviya Respublikasi hukumati va ishbilarmon doiralari delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi davomida O‘zbekiston-Latviya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Latviya va O‘zbekiston ishbilarmon doiralarining 100 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, unda O‘zbekiston tomonidan qator vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari qatnashdi.

O‘zbekiston bilan Latviya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘llari muhokama qilindi

10.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Latviya hukumati vakillari va ishbilarmonlari delegatsiyasining tashrifi doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turgan Latviya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichs bilan uchrashuv o‘tkazdi.