O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Pokiston o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikka intilmoqda

2022-02-17 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Pokiston Islom Respublikasi tijorat vazirining birinchi o‘rinbosari Muhammad Solih Faruqiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va logistika sohalarida O‘zbekiston-Pokiston hamkorligini chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
 
Xususan, ikki mamlakat o‘rtasida Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasi yuzasidan kelishishni jadallashtirish tadbirlari muhokama qilindi.
 
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi chog‘ida (15-16-iyul' 2021-yil) imzolangan Tranzit va savdo to‘g‘risidagi bitim shartlarini amalda joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqildi.
 
“Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshavor” trans-afg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi.
 
Pokiston ishbilarmon delegatsiyalarining sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish maqsadida O‘zbekistonga tashriflarini tashkil etishga kelishildi.
 
Uchrashuv yakunida tomonlar ko‘rib chiqilgan munosabatlarning barcha sohalarida faol hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
 
Pokiston delegatsiyasining tashrifi davomida, shuningdek, O‘zbekiston Transport vazirligi, Markaziy Bank, Davlat bojxona qo‘mitasi, boshqa vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbariyati bilan qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться