O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Elektron hukumatni rivojlantirishda Estoniya Respublikasining tajribasi o‘rganilmoqda

2022-02-14 | Iqtisodiyot

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Raqamli O‘zbekiston salohiyatini oshirishga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos boshchiligidagi delegatsiya elektron hukumatni ishlab chiqish va joriy etish tajribasi bilan tanishish maqsadida Estoniya Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan asosiy ko‘zlangan maqsad – O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, elektron hukumat arxitekturasi va tuzilmasini optimallashtirish, shuningdek, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida raqamlashtirish loyihalari samaradorligini oshirishdan iborat.  

Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda Estoniya elektron hukumatni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha Yevropa hamda dunyoda yetakchilardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda Estoniya elektron hukumat reytingida dunyoda 3-o‘rinni egallab turibdi.

Tashrif davomida vazirning birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat va elektron davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.

Bundan tashqari, majlisda Davlat boshqaruvi akademiyasi boshqaruvi raisi, ijrochi direktori X. Astok qutlov nutqi bilan so‘zga chiqib, elektron hukumat va raqamli elektron iqtisodiyotni rivojlantirishda o‘zaro hamkorlik muhimligini ta’kidladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться