O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Latviya ishbilarmon doiralarining o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirish istiqbollari

2022-02-10 | Iqtisodiyot

Toshkent shahrida Latviya Respublikasi hukumati va ishbilarmon doiralari delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi davomida O‘zbekiston-Latviya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Latviya va O‘zbekiston ishbilarmon doiralarining 100 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, unda O‘zbekiston tomonidan qator vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari qatnashdi.

Forumning ochilish marosimida delegatsiyalar rahbarlari - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov hamda Latviya Respublikasi tashqi ishlar vaziri E.Rinkevichs so‘zga chiqdi.
 
Ikki mamlakat delegatsiyalari rahbarlari istiqbolli tarmoqlarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, o‘zaro savdo hajmini oshirishni nazarda tutgan holda Latviya va O‘zbekiston tadbirkorlari va investorlarini amaliy hamkorlikka jalb etish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ikki mamlakat hamkorligini faollashtirishga sodiqligini ta'kidladilar.
 
O‘zbekiston xususiy sektorning mamlakat iqtisodiyotidagi rolini oshirishga katta e'tibor qaratayotgani, shu munosabat bilan investisiyaviy iqlim va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, biznesga soliq yukini kamaytirish, xususiy mulk va chet el kapitalini huquqiy himoya qilish mexanizmlarini mustahkamlash, shuningdek, ularning jadal va mutanosib rivojlanishini ta'minlash maqsadida mamlakatimiz har bir hududining tuman va shaharlarida ishga solinmagan yangi iqtisodiy zaxiralarni aniqlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar faol ishlab chiqilib, amalga oshirilayotgani ta'kidlandi.
 
Ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida ishbilarmonlik hamkorligini yo‘lga qo‘yishning ustuvor yo‘nalishlari sanab o‘tildi. Ular orasida to‘qimachilik va elektrotexnika sanoati, farmasevtika, biotibbiyot, IT yo‘nalishi va boshqa sohalar mavjud. Tegishli vazirliklar va tarmoq birlashmalari rahbarlari o‘z taqdimotlarida har bir sohaning investisiyaviy, sanoat va savdo salohiyatini batafsil ochib berdilar, shuningdek xorijiy investisiyalarni jalb qilish va xorijiy kapital ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning mavjud mexanizmlari haqida so‘zlab berdilar. Shuningdek, forum ishtirokchilariga latviyalik investorlar va tadbirkorlar bilan kelgusida ro‘yobga chiqarish uchun manzilli tarzda ishlab chiqilgan istiqbolli loyihaviy takliflar taqdim etildi.
 
Tadbir yakunida ikki mamlakat delegatsiyalari rahbarlari ishbilarmon doiralarni ikki tomonlama iqtisodiy sheriklikning yangi "o‘sish nuqtalari" ustida birgalikda faol ish olib borishga va konstruktiv muloqot o‘rnatishga chaqirdi.
 
Forum yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston-Latviya Ishbilarmonlar kengashi ikkinchi yig‘ilishining Bayonnomasi hamda “IT-Park” (O‘zbekiston) va Latviyaning “ShipleArt” kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda startap loyihalarini amalga oshirish uchun moliyalashtirishni jalb qilishni nazarda tutuvchi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться