O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Nagoya delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv

25.03.2022SiyosatManba: Toshkent shahar hokimligi

Xalqaro Toshkent investitsiya forumi doirasida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev Koichi Miyaki boshchiligidagi Nagoya shahri (Yaponiya) tadbirkorlari delegatsiyasi bilan uchrashdi.

“Beeline” brendi ostida faoliyat yurituvchi “Veon” kompaniyalar guruhi O‘zbekistonda “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha modernizatsiya qilingan gipertezlikdagi transport kanalini ishga tushirdi

25.03.2022TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bugun, 25-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov  “Veon” kompaniyalar guruhi bosh ijrochi direktori  Kaan Terzioglu bilan uchrashdi. Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda telekommunikatsiya xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish, AKT sohasiga sarmoya jalb etish, xususan, uyali aloqa operatorlarining samarali faoliyat yuritishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

25.03.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktor Tatyana Proskuryakova boshchiligidagi Jahon banki vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Turkiy Kengash davlatlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi

25.03.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda Turkiy tili davlatlar hamkorlik tashkiloti Oqsoqollar Kengashi raisi Binali Yildirim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oʼzbekiston Prezidenti BАА delegatsiyasi bilan uchrashuvda koʼp qirrali hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi

25.03.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 24-mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Birlashgan Аrab Аmirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv

24.03.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 24-mart kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi bosh vitse-prezidenti Stefani von Frideburg boshchiligidagi Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti va OTB rahbari strategik sheriklikni kengaytirishning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldilar

24.03.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsuga Asakavani qabul qildi.

Toshkent shahar hokimligi va Tatariston Respublikasi Hukumati o‘rtasida hamkorlik

24.03.2022SiyosatManba: Toshkent shahar hokimligi

“Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida Toshkent shahar hokimligi va Tatariston Respublikasi Hukumati o‘rtasida hamkorlik yuzasidan “Yo‘l xarita”si imzolandi.

TDT Oqsoqollar kengashi raisi bilan uchrashuv

24.03.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o’rinbosari Vladimir Norov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Oqsoqollar  kengashi raisi, Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o‘rinbosari Yildirim Binali bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasi bilan hududlararo hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

24.03.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi.

O‘zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlar bilan o‘zaro hamkorligi masalalari muhokama qilindi

24.03.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 22-mart kuni Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi, Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi raisining o‘rinbosari Binali Yildirim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi: shaharlarda yashil hududlar va daraxtlarni ko‘paytirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar

18.03.2022EkologiyaManba: O'zA

Ma’lumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Yurtimizda yashil hududlarni kengaytirish, ekologiya va atrof-muhit musaffoligini ta’minlashdek ezgu maqsadni ko‘zlagan ushbu loyiha xalqaro jamoatchilikda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.

UNESCO bilan istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik olib borish masalalari muhokama qilindi

17.03.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bugun, 17-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili v. v. b. Aleksandros Makarigakis o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tik Tok kompaniyasi vitse-prezidenti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

17.03.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Tik Tok kompaniyasi vitse-prezidenti Teo Bertram bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Eron Qishloq xo'jaligi biotexnologiyasi tadqiqoti institutiga tashrif

17.03.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Eronga safari davomida  Eron Qishloq xo'jaligi biotexnologiyasi tadqiqoti instituti direktori G'ulomrizo Salehi Juzani bilan muzokaralar o'tkazdi.

Toshkentda olti davlat temir yoʻllari rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda

17.03.2022SiyosatManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Bugun olti davlat – O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Turkiya temir yo‘llari rahbarlarining ikki kunlik uchrashuvi o‘z ishini boshladi.

Bangladesh kompaniyalari bilan hamkorlikda uchinchi davlatlarga eksport qilish masalalari muhokama qilindi

16.03.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bugun, 16-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jaxangir Alam o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

O'zbekiston va Meksika o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 30 yilligi haqida

16.03.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yil 16-mart kuni O'zbekiston Respublikasi bilan Meksika Qo'shma Shtatlari o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilganiga 30 yil to'ldi. 

Oʻzbek boksining yosh yulduzlari va mahoratli taekvondochilarimiz tantanali kutib olindi

16.03.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Maʼlum qilganimizdek, bahor faslining ilk kunlarida oʻz yutuqlari bilan muxlislarimizga quvonch ulashgan boks boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalarimiz, shuningdek, taekvondo boʻyicha kattalar jamoamiz bugun tong saharda Toshkentga qaytib kelishdi.