O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

“Lonely Planet” O‘zbekistonni tashrif buyurishga arziydigan davlatlar qatoriga kiritdi

07.04.2022TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Dunyoga mashhur “Lonely Planet” nashri O‘zbekistonni may oyida kam harajat evaziga “sarguzashtli sayohat” turkumi doirasida tashrif buyurishga arziydigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

Uchqun Murodov xalqaro turnirining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

07.04.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda poytaxtimiz dzyudo bo‘yicha Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro musobaqaga mezbonlik qilmoqda. Bugun “Universal” sport saroyida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi maqomidagi musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov AQSh Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi raisi bilan uchrashdi

06.04.2022JamiyatManba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Joriy yilning 6-aprel kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov va AQSh Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi raisi Nadin Mayenza oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Raqamli transformatsiya – taraqqiyot omili

06.04.2022JamiyatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon Banki bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish va biznes jarayonlarni autsorsing qilish (BPO)” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv

06.04.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 5-aprel sanasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) kelishuvlarining IV moddasi bo‘yicha missiyasi doirasida Ron van Ruden boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg‘armasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

ShHT faoliyatini yoritish bo‘yicha bo‘lajak vazirliklararo maslahatlashuvlar to‘g‘risida

06.04.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yil 7-aprel kuni O‘zbekiston tomoni raisligida “Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatini yoritish jarayonida a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirliklari axborot xizmatlarining o‘zaro hamkorligi” mavzusidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tadi.

SHHT aʼzo-davlatlari Ilm-fan va texnika boʻyicha rahbarlarining oltinchi yigʻilishi oʻtkaziladi

04.04.2022ShHTManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

8-aprel kuni Oʻzbekiston tomoni raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) aʼzo-davlatlarining Ilm-fan va texnika sohalarining rivojlanishiga masʼul vazirliklari va tashkilotlari rahbarlarining oltinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Nokia rahbariyati bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi

04.04.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “Nokia Solutions and Networks” kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi vakolatxonasi rahbari Massimiliano Volpe bilan uchrashdi.

O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligi masalalari muhokama qilindi

01.04.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 1-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fudjiyama bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon Parlamenti raisini qabul qildi

01.04.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi raisi Sohiba Gafarovani qabul qildi.

Yevropa Ittifoqi Komissiyasining “GSP+” tizimi doirasida O‘zbekiston Respublikasiga ilk monitoring missiyasi tashrifi yakunlandi

01.04.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 24-30 mart kunlari Yevropa Ittifoqi Savdo bo‘yicha Bosh direktorati vakillarining Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi bilan hamkorlikda birinchi marotaba O‘zbekistonda monitoring missiyasi tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Transport vaziri Xitoy elchisi bilan uchrashdi

01.04.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Tszyan Yan xonim bilan uchrashdi.

Bir qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi

01.04.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Xuanshan' shahri (XXR)da bo‘lib o‘tgan Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarining 3 - Vazirlar konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov chet ellik hamkasblari bilan qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.

O'zbekiston BMTning Afg'onistondagi gumanitar majburiyatlar bo'yicha konferensiyasida ishtirok etdi

01.04.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg'onistondagi gumanitar majburiyatlar bo'yicha onlayn-konferensiyasida ishtirok etdi.

Turkiyalik mehmonlar Xivani ziyorat qildi

30.03.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an Xivadagi Ichan qal’aga tashrif buyurdi.

Germaniya kompaniyasi bilan hamkorlikda korxonalarning dual ta'limda ishtiroki rag‘batlantiriladi

30.03.2022Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida Germaniyaning KfW banki tomonidan moliyalashtiriladigan “Professional ta'lim tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirishga doir navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Malayziya Turizm, san’at va madaniyat vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida

29.03.2022MadaniyatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Tashrif bilan Malayziyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov 2022-yilning 29-mart kuni  Malayziya Turizm, san’at va madaniyat vaziri Nensi Shukri bilan uchrashdi.

O‘zbekiston – Estoniya: ikki davlat oʻrtasida elektron hukumat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda

29.03.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Estoniya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Toomas Tiers bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston-Avstriya hamkorligiga 30 yil to‘ldi

25.03.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yil 25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Avstriya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Aleksandr Shallenberg ikki davlat o'rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan o’zaro tabrik almashdilar.

«Ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi Milliy siyosati (2021-2030)” loyihasi muhokama qilindi

25.03.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov YUNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari v.b. Aleksandros Makarigakis bilan uchrashdi.