O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Hokimlikda Pokistonning Panjob provinsiyasi delegatsiyasi qabul qilindi

09.02.2022IqtisodiyotManba: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev Pokiston Islom Respublikasining Panjob provinsiyasi gubernatori Choudri Muhammad Sarvar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Koreya Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv

09.02.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yilning 9-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Kan Chje Kvonni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlangani munosabati bilan qabul qildi.

Falastin Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

09.02.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yil 9-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Falastin Davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Abdulla Tarshaxanini mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan qabul qildi.

Latviya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida

08.02.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yilning 8-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichs bilan uchrashdi.

Ispaniyaning “Gedepsa” promouter-konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchraruv

08.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Abdinazarov Ispaniyaning “GEDEPSA” promouterlik-konsalting kompaniyasi bosh direktori Alexandro Moleropo bilan uchrashib, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mis mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, “AGMK” AJ sanoat korxonalari uchun suv tozalash inshootlarini qurish masalasini muhokama qildi.

Jahon banki vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

07.02.2022TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bugun, 7-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbar-xodimlari va Jahon banki vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar transport vazirlari tomonidan “Anqara deklaratsiyasi” qabul qilindi

04.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar transport vazirlarining 11- yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish Turkiya raisligida IHT Kotibiyati bilan hamkorlikda tashkil etildi.

ITSV rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitasi yig‘ilishida ishtirok etdi

04.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston-Germaniya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlar to‘g‘risida

04.02.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Berlin shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.

Kutganmidingiz, tayyormisiz? Bugun Pekin-2022 Olimpiadasi rasman start oladi!

04.02.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Bugun Xitoy poytaxtida dunyo ahli 4 yil kutgan navbatdagi qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. "Qush uyasi" nomini olgan mashhur Milliy stadionda o‘tkaziladigan tantana butun dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Yangi Turk investorlari O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda

03.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Turkiyaning “OYaK” kompaniyasi bosh direktori Sulaymon Savash Erdem rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Jahongir Ortiqxo‘jaev Тurkiyalik tadbirkorlar bilan uchrashdi

02.02.2022IqtisodiyotManba: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar hokimligida Turkiyaning “OYAK” kompaniyasi ijrochi direktori Suleyman Savash Erdem boshchiligidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev mehmonlarni yurtimizga tashrifi bilan samimiy qutlab, ularga mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumot berdi. Xususan, shahar hokimi iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi chora-tadbirlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi o‘zaro savdo va sarmoyaviy imkoniyatlarga bag‘ishlangan virtual biznes- konferensiya bo‘lib o‘tdi

31.01.2022IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

DEHLI, 31-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida savdo va sarmoyaviy imkoniyatlardan yana-da kengroq foydalanish, yangi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashish maqsadida “Buyuk ipak yo‘lini qayta kashf qilish” mavzusida virtual biznes- konferensiya tashkil etildi.

Delegatsiya tashrif buyurdi

31.01.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi raisi M.U.Fayzullozoda boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasiga tashrif buyurdi.

BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili bilan onlayn muloqot tashkil etildi

29.01.2022TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

Jahon banki bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

29.01.2022TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbar xodimlari va Jahon banki vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Fransiya tashqi siyosat idorasida uchrashuv

28.01.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yil 27-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Parij shahrida Fransiya Respublikasi Yevropa masalalari va tashqi ishlar vazirligi Osiyo va Okeaniya departamenti direktori Bertran Lortolari bilan uchrashdi.

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlik muhokama qilindi

28.01.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 27-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) vitse-prezidenti K.Limitovskiy bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hindiston – Markaziy Osiyo” birinchi sammitidagi nutqi

28.01.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Hurmatli Narendra Modi janoblari!

Muhtaram hamkasblar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Hindiston - Markaziy Osiyo” sammitida ishtirok etdi

28.01.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni videoanjuman shaklida o‘tgan “Hindiston – Markaziy Osiyo” birinchi sammitida ishtirok etdi.