O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida AKT sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

2022-02-16 | Iqtisodiyot

Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri o‘rinbosari Ko Kyu Chang boshchiligidagi delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida xorijiy mehmonlar universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, iqtidorli talabalar tomonidan ixtiro qilingan startaplarning taqdimotlari o‘tkazildi.

Tashrif doirasida Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri o‘rinbosari Ko Kyu Chang hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tgan “Raqamli hukumat” mavzusidagi seminarda ham ishtirok etishdi. Seminarda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro indekslar ko‘rsatkichlari asosida mamlakatlarning elektron hukumat rivojlanishini baholash metodologiyasi, elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajriba va O‘zbekistonda elektron hukumatni rivojlantirishda mavjud dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, elektron hukumatni rivojlantirish doirasida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida hamkorlik faol rivojlanmoqda. Koreyalik ekspertlar ishtirokida Axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha Kompleks dastur ishlab chiqilib, o‘z ichiga respublikaning telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va infratuzilmani rivojlantirish, infotizim va ma’lumotlar bazasini yaratish tadbirlarini qamrab oladi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini yaratishda ham koreyalik sheriklar katta hissa qo‘shgan. Ular ko‘magi bilan “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ishlab chiqilgan va qabul qilingan.

Elektron hukumat sohasida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida 2020-yil oktabr oyida O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirligi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya ekspertlar guruhi tashkil etildi. Hozirgi kunda O‘zbekiston-Koreya ekspertlar guruhi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining maslahatchisi, elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya ekspertlar guruhi rahbari Koh Taek Jin boshchiligida O‘zbekistonda elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Xorijiy mehmonlar ta’kidlaganidek, jamiyatning raqamli transformatsiya jarayonlarida, fuqarolarga qulaylik yaratish borasida elektron hukumatni rivojlantirish masalalari muhim o‘rin tutadi. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda ilg‘or xalqaro tajribadan foydalangan holda yuqori malakali IT kadrlarni tayyorlash muhim sanaladi. 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться