O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Latviya Respublikasi bilan AKT sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda

27.01.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bugun, 27-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Reynis Troshka bilan onlayn muloqot tashkil etildi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

“Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

27.01.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazir O‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston” kompaniyasi bosh direktori Ezel Ag‘aoglu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Turkiya bilan elektron hukumat va raqamlashtirish yo‘nalishida hamkorlik mustahkamlanmoqda

27.01.2022TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Raqamli transformasiya idorasi o‘rtasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida Anglashuv Memorandum loyihasi ishlab chiqilgan edi.

Kolumbiyada ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berildi

27.01.2022Sog‘liqni saqlashManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Kolumbiya COVID-19 virusiga qarshi O‘zbekiston–Xitoy hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi. Mazkur qaror Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co Ltd tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani Janubiy Amerikada qo‘llanilishi COVID-19 pandemiyasiga qarshi global hamkorhorlik imkoniyatini kengaytiradi.

300 nafar iqtidorli yoshlar uchun kiberxavfsizlik va kriptografiya bo'yicha kurslar tashkil etiladi

27.01.2022YoshlarManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Yoshlar akademiyasi vakillari joriy yilning 17-20 yanvar kunlari Istanbul shahridagi Turkiya kiberxavfsizlik Federatsiyasiga tashrif buyurdi. Xizmat safari davomida Turkiya kiberxavfsizlik federatsiyasi va Yoshlar akademiyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston – Turkiya: Tibbiyotda yangi qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi

26.01.2022Sog‘liqni saqlashManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Sоg`liqni sаqlаsh vаzirligi

Turkiya — O‘zbekiston bilan ishonchli hamkor, strategik sherik. Ikki tomonlama aloqalar barcha yo‘nalishlar, xususan, tibbiyot sohasida ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi davrida kasallikka qarshi kurashishda Turkiya bizga yaqindan amaliy ko‘mak ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston-Pokiston: O‘zaro savdo hajmi o‘tgan yilga nisbatan 46 foizga oshdi

26.01.2022IqtisodiyotManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining savdo va investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston-Turkiya oliy ta'lim sohasidagi hamkorlik yangi bosqichda

26.01.2022Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov hamda Turkiya Respublikasi Oliy ta'lim kengashi raisi Erol' O‘zvar boshchiligidagi deletgatsiya a'zolari o‘rtasida ikki davlat oliy ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish doirasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlari sammitidagi nutqi

26.01.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Hurmatli Rais Si Szinpin janoblari!

Muhtaram hamkasblar, aziz do‘stlar!

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining Toshkentdagi yig‘ilishi to‘g‘risida

26.01.2022ShHTManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yilning 25-yanvar kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining (ShHT MKK) navbatdagi yigʻilishi o‘z ishini boshladi.

Uzoq va yaqin Yaponiya

26.01.2022SiyosatManba: O'zA

Bugun, 26-yanvar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Markaziy Osiyo davlatlari – Xitoy” onlayn sammitida ishtirok etdi

26.01.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tashabbusi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlarining videoanjuman shaklidagi uchrashuvida ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Turkiya ta'lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda

25.01.2022Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Turkiya Respublikasi Oliy ta'lim Kengashi Raisi E.Uzvar boshchiligidagi mazkur Kengash rahbariyati vakillaridan iborat delegasiyani qabul qildi. Uchrashuvda, shuningdek, Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi O.Bekar hamda Turkiya Respublikasi Savdo vazirligi vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlari sammitida ishtirok etadi

24.01.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-yanvar kuni diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo davlatlari - Xitoy” onlayn sammitida ishtirok etadi.

Tataristonlik hamkorlar bilan qo‘shma loyihalarni ilgari surishni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

22.01.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov O‘zbekistonda uch kunlik tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasining eng yirik hududlaridan biri bo‘lgan Tataristonning, uning vazirliklari va idoralari, tarmoq va ilmiy-ta'lim muassasalari rahbarlari hamda ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiyasini qabul qildi.

O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

21.01.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi va O‘mon sultonligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 4 yig‘ilishi videokonferensiya shaklida o‘tkazildi. Yig‘ilishga O‘zbekiston tomonidan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Sh.Vafaev, O‘mon tomonidan esa - tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Shayx Xalifa bin Ali Al-Xarisiy hamraislik qildi.

O‘zbekiston-Turkiya hamkorligi masalalari muhokama qilindi

21.01.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi O.Bekarni qabul qildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar

21.01.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-yanvar kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar

20.01.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Energetika vazirligida Boshqirdiston Respublikasi delegatsiyasi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdir

20.01.2022IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Boshqirdiston Respublikasining Sanoat, energetika va innovasiyalar vaziri Aleksandr Shel'dyaev boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.