O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“CGTN”: “O‘zbekiston kambag‘allikka qarshi kurashda Xitoy tajribasidan unumli foydalanmoqda”

2022-02-21 | Siyosat

Xitoy Global televizion tarmog‘i — “CGTN” muxbiri O‘zbekiston kambag‘allikka qarshi kurashda Xitoy tajribasidan muvaffaqiyatli foydalanayotgani to‘g‘risida ko‘rsatuv tayyorladi.

Dasturda hukumatimiz mavjud muammoni tan olgan holda muammoni hal qilish bo‘yicha maxsus reja ishlab chiqilib, ish olib borilayotgani ta’kidlanadi.

Muallif kambag‘allik O‘zbekistonda ko‘p yillar “yopiq mavzu” bo‘lib kelgani, 2020-yil 24-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida tarixda birinchi marta bu haqda ochiq-oydin gapirilib, kambag‘allikni qisqartirish ustuvor vazifa sifatida belgilangani hamda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlanadi.

Shuningdek muxbir qaydida O‘zbekistonda beg‘araz yordam adolatli va shaffof tarzda ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida kam ta’minlangan oilalar haqida to‘liq ma’lumotni o‘zida jamlagan “Temir daftar” nomli yangi mexanizm joriy qilingani, 2020-2021-yillarda ushbu ro‘yxatga 600 mingga yaqin oila kiritilgani, ko‘rilgan choralar natijasida 565 mingga yaqin oila band etilib, daftardan chiqarilgani, ishsiz ayollar hamda yoshlar muammosini aniqlash maqsadida har bir mahallada “Yoshlar” va “Ayollar daftari” tashkil etilganiga alohida urg‘u berilgan.

Muxbir yurtimizda qilinayotgan ishlar yuzasidan kam ta’minlangan fuqarolar bilan suhbatlashgan. Aholi vakillari e’tiroficha, mas’ullar tomonidan “Temir daftar” va “Ayollar daftarida”gilarning ehtiyoji, xohish-istagi o‘rganilib, fuqarolar tegishli mutaxassislik bo‘yicha ish bilan ta’minlangan.
Masalan, 5 nafar farzandi bor tadbirkor ayol Zohida Ortiqova kredit olib, tikuv sexi va go‘zallik saloni ochdi. Shuning ortidan oilasini moddiy jihatdan ta’minlag barobaridan ish o‘rinlari ham yaratdi.

Umuman, davlat rahbari tashabbusi bilan O‘zbekistonda qashshoqlik darajasini xolis baholash maqsadida tomonidan bir qator institutsional islohotlar boshlandi. Masalan, Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Farovonlik monitoringi markazi tashkil etildi.

Markaz tomonidan olib borilgan tadqiqotda aholining kam ta’minlangan qatlami ta’lim, tibbiyot, uy-joy kommunal sohalarida sifatli xizmatga ko‘proq muhtojligi aniqlangan.

— Olis bir qishloqda yosh tadbirkorlar tomonidan kooperatsiya ob’ektlari tashkil etilib, ayollar uchun yangi ish o‘rinlari yaratilgani meni juda xursand qildi, — deydi maqola muallifi. — Endilikda har bir oilada hunarmand ayollar qo‘y junidan gilam to‘qimoqda, suvenir, taqinchoq yasayapti. Ahamiyatli jihati, ularning mahsuloti allaqachon eksport qilinmoqda.

2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasida mamlakatda kambag‘allik darajasini ikki barobar kamaytirish vazifasi belgilangan. Mutaxassislar buning uchun barcha resurs va imkoniyatlar mavjudligi, shuningdek, qashshoqlikka qarshi kurashda Xitoy tajribasini o‘rganish nihoyatda muhimligi ta’kidlagan.

Manba: O'zA

Поделиться