O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Innovatsion rivojlanish vaziri Vengriya elchisi bilan uchrashdi
2022-02-10 | Iqtisodiyot
O'zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Vengriyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Dyula Kovach bilan muzokara o'tkazdi.
Uchrashuv avvalida elchi I.Abdurahmonovning Budapesht shahrida bo'lib o'tgan “Planet Budapest” sammitidagi samarali ishtirokini qayd etdi. Shu bilan birga, tomonlar tadbirning yutuqlari va kamchiliklari to'g'risida fikr almashdilar.
Muzokara davomida tomonlar ushbu tashrif doirasida erishilgan qator kelishuvlarni amalga oshirish bo'yicha suhbatlashdilar. Xususan, umumiy qiymati 2 mln.
evroga teng o'zbek-venger startap tanlovini o'tkazish, umumiy qiymati 2 mln. evro bo'lgan qo'shma ilmiy loyihalar tanlovini tashkil etish va “Hungaricum” stipendiya dasturi kvotalariga PhD talabalar uchun qo'shimcha 70 ta o'rin ajratilish masalalari atroflicha o'rganildi. Vengriya Qishloq xo'jaligi va tabiiy fanlar universitetida 20-25 nafar qishloq xo'jaligi sohasida faoliyat yurituvchi o'zbekistonlik yosh tadqiqotchi hamda olimlarning malakasini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek Vengriyaning “yashil”iqtisodiyot sohasida faoliyat yurituvchi komapniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuv so'ngida tomonlar kelishuvlarni amalga oshirish bo'yicha keyingi qadamlarni yozishmalar va uchrashuvlar orqali muhokama qilishga kelishib olishdi.
Uchrashuv do'stona ruhda o'tdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi