O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Evropa sifati endi Romitanda

07.01.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2021-yilda 850 mln. so'mga moliyalashtirilgan teskari osmos texnologiyasi asosida suv fil`trlarini ishlab chiqarish loyihasi o'z faoliyatini boshladi. «Turon Komplekt» MChJ Romitan Innovatsion hududida import o'rnini bosuvchi suv fil`trlari ishlab chiqarishni yo'lga qo'ymoqda. Xitoy, Turkiya va Evropa davlatlarida ishlab chiqarilgan texnologiyalardan sifati bilan raqobat qila oladigan texnologiya, narxi arzonligi bilan ajralib turadi.

Toshkent shahridagi Amiti universiteti o‘qituvchilarining kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

06.01.2022Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Toshkent shahridagi Amiti universiteti o‘qituvchilari - Praveen Kumar va Seema Rawat professorlari “Hisoblash intellekt va tibbiyot uchun bashorat tahlili" ("Computational intelligence & predictive analysis for medical science”) nomli kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Toshkentda ijtimoiy himoyalanmagan bolalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama etiladi

05.01.2022JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Ertaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan YUNISЕF ko‘magida ijtimoiy himoyalanmagan bolalarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkaziladi.

Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatining maxsus vakili bilan uchrashuv to‘g‘risida

05.01.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yilning 5-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatining Yevroosiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Li Xueyni qabul qildi.

O‘zbekiston xalqi va Prezidentiga qutlovlar

31.12.2021SiyosatManba: O'zA

Yangi – 2022-yil kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli davlat va jamoat arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilish to‘g‘risida

30.12.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yil 30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonning xorijdagi elchilari, konsullik muassasalari rahbarlari va xalqaro tashkilotlar huzuridagi mamlakatimizning doimiy vakillari ishtirokida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Hay’ati majlisini o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston delegatsiyalarining uchrashuvi

30.12.2021Siyosat

Joriy yilning 29-dekabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalarining videokonferensiya formatida ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

30.12.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov raisligida videokonferensiya shaklida O‘zbekiston – Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi Kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“Istanbul” texnoparki delegatsiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga tashrif buyurdi

30.12.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov taklifiga ko'ra “Istanbul” texnoparki Bosh menejeri Bilal Topchu boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga tashrif buyurdi. 28-dekabr kuni Vazirlik binosida o'zbek va turk tomonlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi

29.12.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov mamlakatimizning xorijdagi barcha diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan yil yakunlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik sohasida erishilgan natijalarni muhokama qildi.

Norvegiya Qirolligining Oslo universiteti O‘zbekistonda tibbiy ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik qilishdan manfaatdor

29.12.2021Ta’limManba: Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, hususan, tibbiyot sohasida ilmiy – intellektual hamda moliyaviy resurslarni to‘liq safarbar etgan holda ilmiy – innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda stomatologiya va yuz – jarrohligi ilm – fanni muntazam isloh qilib borish, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash respublika oliy ta'lim muassasalari oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.

Germaniya Elchisi bilan uchrashuv

29.12.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya Federativ Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Tilo Klinner bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti MDH norasmiy sammitida ishtirok etdi

29.12.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga keldi

28.12.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga keldi.

Koreya Respublikasi bojxona xizmati delegatsiyasi Oʻzbekistonda

28.12.2021SiyosatManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi
Yurtimizga Koreya Respublikasi bojxona xizmati Komissari Lim Dje Xyon rahbarligidagi bojxona delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrifning ilk kunida yuqori martabali mehmonlar bilan Davlat bojxona qoʻmitasida ikki tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti MDH norasmiy sammitida ishtirok etadi

28.12.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga boradi.

Madaniy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida

27.12.2021MadaniyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Chi Junlin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda Muassasaning ijodiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Farrux Yunusov, Konsert-tomosha faoliyatini tashkil etish va ijodkor yoshlar bilan ishlash bo‘limi hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi vakillari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Turkiyaning yirik kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi

27.12.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir Jamshid Xodjayevning turli sektorlarda faoliyat olib boruvchi «Ihlas Holding» turk kompaniyasi ijrochi direktori Rasim Kan Aytogu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Jahon savdo tizimiga integratsiyalashish jarayonida yangi imkoniyatlardan foydalanmoqda

27.12.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi mamlakat iqtisodiyotining jozibadorligi, savdo-iqtisodiy va investitsion muhitini yanada oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Hindiston oliy ta’lim muassasalari O‘zbekistonga katta qiziqish bildirmoqda

24.12.2021Ta’limManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasining Hindistonga xizmat tashrifi doirasida bir qator Hindiston oliy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar o‘tkazildi.