O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Innovatsion rivojlanish vaziri “Skolkovo” Moskva boshqaruv maktabi prorektori bilan uchrashdi
2022-02-16 | Iqtisodiyot
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Skolkovo” Moskva boshqaruv maktabi prorektori Yevgeniy Kaganer bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida I. Abdurahmonov Innovatsion rivojlanish vazirligining tashkil etilishi, uning asosiy vazifalari va amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarining innovatsiyalarga masʼul prorektorlari uchun “Skolkovo” markazidagi oliy oʻquv yurtlarida “boshqaruv” oʻqitish dasturini yoʻlga qoʻyish masalasini muhokama qildilar. Shuningdek Oʻzbekistonda startap muhitini takomillashtirish maqsadida innovatsiya boʻyicha prorektorlarni va vazirlik xodimlarini qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish boʻyicha dastur ishlab chiqishga kelishdilar.
Oʻz navbatida, oʻzbekistonlik yosh olimlar uchun ilmiy loyihalarni samarali boshqarish masalasi dolzazbligini inobatga olgan holda zamonaviy loyiha boshqaruvi (Project management) maxsus kurslarini tashkil etish boʻyicha ham muzokaralar olib borildi. Yurtimiz oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlari yosh olimlarining malaka oshirishlari uchun “Skolkovo” markaziga qisqa tashriflari va stajirovkalarini tashkil etish borasidagi hamkorlikdagi ishlari muhokama etildi.
Uchrashuv soʻngida tomonlar kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha keyingi qadamlarni oʻrnatilgan tartibda rasmiy yozishmalar va kelgusi uchrashuvlar doirasida muhokama qilishga kelishib oldi.
Uchrashuv doʻstona ruhda oʻtdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi