O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Afg‘oniston ustuvor yo‘nalishlarda muloqotni rivojlantirmoqda

2022-02-23 | Siyosat

Joriy yilning 22-fevral kuni qisqa muddatli safar chog‘ida Kobul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzoqov Afg‘oniston Muvaqqat hukumati rahbari vazifasini bajaruvchi Mulla Mulla Muhammad Hasan Oxund bilan O‘zbekiston-Afg‘oniston hamkorligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar o‘zaro munosabatlarni kompleks kengaytirishdan ikki taraf ham manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Savdo-iqtisodiy, energetika, transport va logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha dolzarb vazifalar ko‘rib chiqildi.
 
Afg‘onistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, iqtisodiy faoliyatni qayta tiklashni jadallashtirish va barqaror tinchlikni saqlashga qaratilgan hamkorlikni tiklash bo‘yicha navbatdagi tadbirlar rejalashtirildi.
 
"Termiz - Mozori-Sharif - Kobul - Peshavor" trans–afg‘on temir yo‘lini qurish loyihasi, shuningdek, "Surxon - Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasini o‘tkazish loyihasini amalga oshirishga ko‘maklashish borasidagi navbatdagi tadbirlarga alohida e'tibor qaratildi. Afg‘oniston tomoni ushbu yo‘nalishda hamkorlikni davom ettirishga va loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.
 
Shuningdek, Mozori-Sharif shahridagi xalqaro aeroport faoliyatini tiklash doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda mahalliy mutaxassislar orasidan texnik kadrlar tayyorlash bo‘yicha tashkil etilgan tayyorlov kurslari uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirildi.
 
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zbek-afg‘on hamkorligini yanada chuqurlashtirish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etishni jadallashtirish maqsadida muloqotni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться