O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Eron o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi istiqbollarini kashf etmoqda

2022-02-21 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston hukumati va ishbilarmon doiralari delegatsiyasining tashrifi doirasida Eronga borgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Tehron shahrida Eron Islom Respublikasi Prezidenti Sayid Ibrohim Raisiy bilan uchrashdi.

Suhbat davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika hamda madaniy-gumanitar sohasidagi hamkorlikka qaratilgan O‘zbekiston-Eron munosabatlarining keng ko‘lamli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
 
Ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirishning shart-sharoitlari qayd etildi. Tomonlar yaqin kelajakda o‘zaro savdo hajmini bir necha barobarga oshirish uchun imkoniyat va zarur resurslar mavjudligiga ishonch bildirib, bu borada aniq amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishga o‘zaro tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
 
Tomonlarning fikriga ko‘ra, investitsiyaviy hamkorlik yo‘nalishida ham keng istiqbollar mavjud. Buni eronlik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar soni tobora oshib borayotgani, shuningdek, Eron ishbilarmon doiralarining O‘zbekiston bozori va iqtisodiy resurslariga qiziqishi ortib borayotgani ham tasdiqlaydi. Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Eron Hukumatlararo komissiyasining bo‘lajak 14-yig‘ilishi doirasida bir qator yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolanishi rejalashtirilayotgani ma'lum qilindi.
 
O‘zbekiston va Eron tadbirkorlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Agrosanoat, suv resurslarini boshqarish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qora metallurgiya, mashinasozlik, yengil sanoat va tibbiyot sohasi bu boradagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi. Shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar, xususan, “Chabahar”, “Aras” (Eron) hamda “Navoiy” va “Angren” (O‘zbekiston) EIZ sub'ektlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish istiqbollari alohida ta'kidlandi. Yuqorida qayd etilgan tarmoqlarda aniq investitsiyaviy loyihalarni tayyorlash va tasdiqlash hamda ikki mamlakatning manfaatdor tadbirkorlari orasidan loyihalar tashabbuskorlarini aniqlash bo‘yicha birgalikda ish olib borish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
 
Tomonlar ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasida transport va logistika sohasida o‘tkazilgan ikki tomonlama muzokaralarda erishilgan muvaffaqiyatlarni olqishladilar. Jumladan, O‘zbekiston idoralararo delegatsiyasining joriy yil yanvar' oyida Eronga tashrifi chog‘ida transport yo‘laklarini rivojlantirish hamda ikki davlat hududlari orqali tovarlar tranzitini oshirish yo‘nalishida kelishuvlarga erishildi va hamkorlik to‘g‘risidagi bir qator muhim bitimlar imzolandi.
 
Tomonlar ikki mamlakat va mintaqa davlatlarini bir-biri bilan bog‘laydigan yangi, kam harajatli savdo yo‘nalishlarini shakllantirish, shuningdek, har ikki mamlakatning transport va tranzit salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida izchil qo‘shma ishlarni davom ettirish ustuvor ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlandi.
 
Bundan tashqari, muzokaralar kun tartibiga ikki mamlakatning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki doirasida birgalikda amalga oshiriladigan choralar, mintaqaviy xavfsizlikni, mintaqa mamlakatlari o‘rtasida iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash va transport aloqalarini mustahkamlash maqsadida hamkorlik qilish, shuningdek, mintaqaviy ahamiyatga ega qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar kiritildi.
 
Uchrashuv yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga va ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan faol muloqotga o‘zaro sodiqligini bildirdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться