O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vazirligi Tadbirkorlik boʻyicha jahon chempionatining saralash turining milliy bosqichini eʼlon qiladi!

2019-04-09 | Iqtisodiyot

2019-yilning 4-aprel kunidan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda The Global Education and Leadership Foundation jamgʻarmasi (tGELF, Taʼlim va yetakchilikni rivojlantirish sohasidagi xalqaro jamgʻarma, Hindiston) Global Entrepreneurship Network (GEN, Global tadbirkorlik tarmogʻi) bilan hamkorlikda“Tadbirkorlik boʻyicha jahon chempionati” (Entrepreneurship World Cup)ning milliy saralash bosqichida ishtirok etish uchun roʻyxatga olish boshlanganini eʼlon qiladi. Tanlov Saudiya Arabistoni Qirolligi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon Al Saud tashabbusi bilan MiSK jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan.

Mazkur chempionat – global miqyosdagi yirik hodisa boʻlib, dunyodagi 100 dan ortiq davlatlardan 100 ming nafardan ziyod tadbirkorlar ishtirok etadilar!

Tanlovning milliy saralash bosqichining finali xalqaro darajadagi ekspertlar ishtirokida 2019-yilning 30–31-may kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Tanlov gʻoliblari 2019-yil 12-noyabrda Saudiya Arabistonining Er-Riyad shahrida boʻladigan Tadbirkorlik boʻyicha jahon chempionatining xalqaro super-finalida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar.

Arizalar ingliz tilida 2019-yilning 10-may sanasiga qadar qabul qilinadi.

Batafsil maʼlumotlarni olish va roʻyxatdan oʻtish uchun platforma quyidagi havolaga kiring: https://entrepreneurshipworldcup.com/tgelf

MiSK jamgʻarmasi haqida

MiSK jamgʻarmasi Saudiya Arabistoni Qirolligining valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon Al Saud tomonidan tashkil etilgan. Jamgʻarma faoliyati Saudiya Arabistonidagi yoshlarning yetakchilik sifatlarini qoʻllab-quvvatlash va taʼlimni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.

Batafsil maʼlumotlar quyidagi havola boʻyicha: https://misk.org.sa/en/

tGELF jamgʻarmasi haqida

2006 yili tashkil etilgan taʼlim va yetakchilikni rivojlantirish sohasidagi Xalqaro jamgʻarma axloqiy qadriyatlarga asoslangan yetakchilarning xalqaro hamjamiyatini yaratishga qaratilgan.

Batafsil maʼlumotlar quyidagi havola boʻyicha: http://www.tgelf.org

GEN Global tadbirkorlik tarmogʻi haqida

Global tadbirkorlik tarmogʻi – dunyoning 170 mamlakatida tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar va dasturlar platformasi.

Batafsil maʼlumotlar quyidagi havola boʻyicha: https://www.genglobal.org

Vazirlikning boshqa hamkorlari:

  • Oʻzbekistondagi Global tadbirkorlik tarmogʻi (GEN Uzbekistan)
  • GroundZero kovorkingi

Batafsil maʼlumotlar quyidagi havola boʻyicha: http://genuzbekistan.uz

Batafsil maʼlumotlar quyidagi havola boʻyicha: https://groundzero.uz/ru

Qoʻshimcha maʼlumot uchun:

Kamila Gaynulina

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi

+998 971400453

forum@mininnovation.uz

Поделиться