O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Ilm-fan va texnologiyalarda xotin-qizlar” Markaziy Osiyo haftaligi yoxud AQSH lik investorlar tanlaydigan startaplar
2019-03-27 | Fan
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 25-30-mart kunlari Oʻzbekistonda ilk bor ijtimoiy sohalarda innovatsiyalar va inson kapitaliga investitsiyalar mavzusiga qaratilgan “Ilm-fan va texnologiyalarda xotin-qizlar” Markaziy Osiyo haftaligi tashkil etilmoqda. Haftalikda ishtirok etish uchun AQSH ning Kremniy vodiysidagi Google, Apple, Amazon, Mozilla kabi kompaniyalarda yetakchi lavozimlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar taklif etildi.
Tadbir tashkilotchilari: Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Bolalar va oilalarni qoʻllab-quvvatlash assotsiatsiyasi, Toshkentdagi Inxa Universiteti boʻlib, haftalik natijalariga koʻra Oʻzbekistondagi xotin-qizlarni innovatsion kasblar va ijtimoiy biznes-loyihalarga jalb etish. Markaziy Osiyodan tashrif buyurgan hamkasblar bilan tajriba almashish maqsad qilingan. Shuningdek talabalar, yosh tadbirkorlar, startapchilar, malakali mutaxassislar uchun turli mavzularga oid sessiyalar boʻlib oʻtadi.
Tadbirning rasmiy ochilish marosimi 26 martda boʻlib oʻtdi. Unda Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari Sharof Rajabboyev, Toshkentdagi Inxa universiteti rektori v.b. Muzaffar Djalalov, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Alisher Sadullayev, BMTTD vakili, Oʻzbekistondagi Doimiy koordinatori Xelena Freyzer, TechWomen dasturining direktori Djillian Skott qatnashdi.
Markaziy Osiyo va Kaliforniya oʻrtasidagi hududiy hamkorlik imkoniyatlari haqida Amazon, Lab 126 katta dasturchi muhandisi Veronika Oget soʻzladi: “Biz bir nechta dasturlarni muhokama qilib, ishga tushirdik. Ayni paytda mazkur dasturlar doirasida oʻzaro hamkorlik oʻrnatdik. Ularning orasida TechWomen, TechGirl va Technovation dasturlarini koʻrsatish oʻtish mumkin. Dastur doirasida qizlar, ayollar Kremniy vodiysiga tashrif buyurib, Virjiniya Politexnika universitetiga oʻqishga kirishlari hamda Oʻzbekistonlik yoshlar uchun maxsus ikki yillik kursda tahsil olishlari mumkin boʻladi”.
Google hamda Northgate Environmemtal Management kompaniyalarining yetakchi xodimlari Zoi Shladou va Mayl Smit talabalar uchun kasbiy imkoniyatlar va kasbga yoʻnaltirish haqida sessiya olib borishdi, hamda STEM (Science, Technology, Engineering and Mathematics — fan, texnika, muhandislik va matematika) taʼlim uslubi haqida soʻzlab berishdi.
Haftalik 30 martgacha davom etib, qolgan sessiyalar Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Samarqand shahridagi Yoshlar ittifoqi, hamda Nukusdagi Yoshlar Ittifoqi binosida boʻlib oʻtadi.
Shunday nufuzli tadbirni oʻtkazish uchun TechWomen dasturi tomonidan mamlakatimiz tanlanishi ham bejizga emas. 2019-yil mamlakatimizda “Faol investitsilar va ijtimoiy rivojlanish” yili, deb eʼlon qilingan ekan, bunda inson kapitali va innovatsion loyihalarni yaratish masalalarini hududiy miqyosda muhokama qilish ustuvor vazifalardandir.
2018-yilda qabul qilingan mamlakatimiz innovatsion rivojlanish strategiyasining masalalaridan biri – ilm-fan, yuqori texnologiyalar va ularning tijoratlashtirilishini qoʻllab-quvvatlash boʻlib, bunda tabiiy va aniq fanlar, axborot texnologiyalari, muhandislik ishi, texnologik, deb ataluvchi sohalarda taʼlim va mutaxassisliklarda xotin-qizlarning sonini koʻpaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bunda iqtidorli xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ularni yuqori texnologik sohalarda yetakchilik pozitsiyalarida koʻtarish mexanizmlarini rivojlantirishga koʻmaklashish muhimdir.
Bugungi kunda Oʻzbekiston olimlari oʻrtasida xotin-qizlarning ulushi 40 % ga yaqin boʻlsa, professorlar oʻrtasida bu koʻrsatkich 20 % gacha pasayadi, ilmiy muassasalar boshqaruvida – 5 % va, afsuski, bizda Universitet rektori boʻlib ishlaydigan biron ayol yoʻqligi achinarli. Bu raqamlar shundan dalolat beradiki, bugungi singari tadbirlar xotin-qizlarimizni qoʻllab-quvvatlashda oʻta muhimdir. Dunyodagi yirik kompaniyalarda yetakchi lavozimlarni egallayotgan xotin-qizlarning mamlakatimizga tashrifi va oʻz tajribasi bilan boʻlishishi mamlakatimizdagi xotin-qizlarni ilhomlantirishi tabiiy.
“Ilm-fan va texnologiyalarda xotin-qizlar” Markaziy Osiyo haftaligi 25 mart kuni aynan Ilgʻor texnologiyalar markazida boʻladigan tadbirdan boshlanishi bizni quvontiradi. Innovatsion rivojlanish vazirligining texnologik maydonchasi boʻlmish Markazimizda, bir tomondan, ilgʻor ilmiy tadqiqotlar mujassamlansa, ikkinchi tomondan, startaplarni qoʻllab-quvvatlash uchun faol ish olib borilmoqda. Bu yerda ilmiy startaplarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ilk Akselerator ishlamoqda va bugun mazkur akselerator ishtirokchilari TechWomen singari loyihaning mentorlari tomonidan maslahat olish imkoniga ega ekanliklari quvonarli holat.
Techwomen dasturi direktori Djillian Skot Haftalik tashkilotchilariga minnatdorlik bildirar ekan bugun koʻplab xotin-qizlar ilm-fan va texnologiyalarga qiziqayotgani aytib oʻtdi. Oʻzbekistonga Haftalik doirasida Kremniy vodiysining turli kompaniya vakillaridan tashqari dunyoning turli mamlakatlaridan TechWomen dasturi stipendiatlari ham kelishdi. “Dasturimiz chegara bilmaydi, u uzoq muddatli hamkorlikka yoʻnaltirilgan. Biz mamlakatlarimizning ilgʻor kelajagi uchun qaygʻuramiz. Bugun bu yerda oʻrgatish va oʻrganish uchun yigʻildik”, deya taʼkidladi Dj.Skot.
Spikerlar sirasida Salesforce kompaniya prezidenti Patritsiya Bouen Kempbell Kremniy vodiysi investorlari startaplarga mablagʻ kiritishda nimalarga ahamiyat berishini soʻzlab berdi.