O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

​O'zbekiston Respublikasida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlarini rivojlantirish va patent ma'lumotlar bazalaridan foydalanish

2019-03-27 | Texnologiyalar

​26-27 mart kunlari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (Agentlik) bilan Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) hamkorligida "O'zbekiston Respublikasida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlarini rivojlantirish va patent ma'lumotlar bazalaridan foydalanish" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

Seminar-treningda xorijlik mutaxassislar BIMTning Global infratuzilmalar sektori Ma'lumotlar va bilimlardan foydalanish bshlimi, Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash seksiyasi dasturlar rahbari Mussadik Xusseyn, Rospatentning katta ilmiy xodimi Voysexovskaya Zoya Eduardovna, Rospatent SMFI "Butunrossiya patent-texnika kutubxonasi" mudiri Kuznesova Tatyana Viktorovna, shuningdek Agentlik mutaxassislari o'z ma'ruzalari bilan qatnashdilar.​

Tadbirda "TIQQMning BIMT resurslaridan foydalanish imkoniyatlari", ""ASPI" va "Research4Life dasturlariga kirish"", "Qidiruv uchun Xalqaro patent tasnifidan foydalanish", "Patent qidiruvi vositalari va strategiyalari", "Akademik va tadqiqot muassasalarida bilimlarni berish: IM sohasidagi siyosatning roli" va "O'zbekiston Respublikasida texnologiyalar va innovasiyalar markazlarini tashkil qilish bo'yicha loyihani amalga oshirish: natijalar va istiqbollar" mavzulari keng yoritildi. 

Dunyoning yetakchi rivojlangan mamlakatlari tajribasidan ma'lumki, yuksalishlarni ixtirochilik (patent) tizimisiz tasavvur qilish qiyin. Chunki aynan ixtirochilik tizimi iqtisodiy rivojlanishning qudratli qurolidir. 

BIMT ilmiy-tadqiqotlar natijadorligini oshirish va yaratuvchanlik faoliyatini rag'batlantirish maqsadida rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan, O'zbekistonda ham "Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlari" (TIQQM) - Technology and Innovation Support Centers (TISC) ochish siyosatini olib bormoqda. 

Bugungi kunda dunyoda 642 ta, jumladan Rossiya Federasiyasida 170 ta TIQQM faoliyat olib bormoqda. Aynan yuqoridagi masala doirasida 2017 yil 6 oktyabrda Agentlik va BIMT o'rtasida hamkorlik Memorandumi imzolangan. 
Agentlik o'z faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish bo'yicha qator vazifalar qatorida texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish, mamlakatimizning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish ishlarini ham izchil amalga oshirib kelmoqda. ​

Ushbu vazifalarni bajarish hamda sohalar ta'lim, fan va ishlab chiqarishi integrasiyalashuvini chuqurlashtirish, innovasion va investision jarayonlarni yanada jadallashtirish maqsadida, shuningdek Agentlik bilan BIMT Memorandumi doirasida  hozirgi kunda Respublikamizda 12 ta TIQQM faoliyati yo'lga qo'yildi va ular sonini tizimli oshirish ishlari davom etmoqda. 

Seminar-trening yakunida ishtirokchilar uchun "O'zbekiston Respublikasida TIQQM tarmog'ini yanada rivojlantirish" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi, unda O'zbekiston Respublikasida TIQQM loyihasini amalga oshirish muhokama qilindi. 

Seminar-trening mazkur tadbirda qatnashgan Respublikamizdagi markazlar mutaxassislari uchun juda foydali bo'ldi va ularni qiziqtirgan masalalar bo'yicha fikrlar bildirildi.​

Поделиться