O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bolgariyada Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining innovatsion taʼlim imkoniyatlari boʻyicha maʼruza qilindi

2019-04-02 | Innovatsiya

Toshkent davlat iqtisodiyoti universiteti vakillari joriy yilning 11-16-mart kunlari Bolgariyaning “Angel Kanchev” Ruse universitetida ERASMUS+ loyihasi doirasida tashkil etilgan dastlabki uchrashuvda ishtirok etdilar.

598092-EPP-1-2018-1-BG-EPPKA2-CBHE-SP sonli loyiha “Yangi texnologiyalar orqali Markaziy Osiyoda oliy taʼlimni takomillashtirish” ga qaratilgan boʻlib, uchrashuvda Bolgariya, Italiya, Portugaliya, Lyuksemburg, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirgʻiziston davlatlaridan 15 ta oliy taʼlim muassasalaridan, jami 54 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidan ushbu loyihada Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor Obidjon Hamidov va Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi boshligʻi Azizjon Bobojonovlar ishtirok etib, universitetning innovatsion taʼlim imkoniyatlari boʻyicha maʼruza qilishdi.

Loyihada Yevropa va Markaziy Osiyodan ishtirok etuvchi universitetlarning imkoniyatlari, xalqaro darajadagi hamkorligi va oʻquv jarayonlarida innovatsion taʼlim texnologiyalaridan foydalanish darajasi tanishtirildi. Shuningdek, “ Angel Kanchev” Ruse universiteti professori va mazkur loyihaning rahbari Angel Smrikarov innovatsion taʼlim texnologiyalaridan samarali foydalanish usullari hamda taʼlimda yangi avlod texnologiyalarini joriy etish ayni vaqtda dolzarb ekanligi va joriy etishdagi asosiy muammolar va yoʻl qoʻyiladigan kamchiliklar haqida qiziqarli maʼruza qildi.

Loyiha ishtirokchi universitetlari kelajakda loyiha doirasida amalga oshirilishi kerak boʻlgan vazifalarni kelishib olishdi.

Поделиться