O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Orolboʻyi - ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi

2019-04-17 | Ekologiya

16 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ”Orolboʻyi - ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumani Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsion markazi tashkil etilganiga roppa rosa yarim yil boʻlgan sanada oʻtkazilayotgani bois, tadbir markazning ommaviy axborot vositalari vakillari oldidagi yarim yillik ishlari boʻyicha oʻziga xos hisobot boʻldi, desa boʻladi.

Tadbir Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumani Samanbay qishloq fuqarolar yigʻini manzilida joylashgan Orolboʻyi xalqaro inovatsion markazining bogʻida oʻtkazildi. Jurnalistlarga markaznining qurilayotgan binosi va uning atrofida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari namoyish etildi.

Matbuot anjumanini Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Azimjon Nazarov ochib berdi. U Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida tuzilgan Idoralararo ishchi guruhi tomonidan ”Orolboʻyi - ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi” Konsepsiyasi ishlab chiqilganini maʼlum qildi. Shu bilan birga, joriy yilning oktabr oyida Orolboʻyini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb eʼlon qilinishi boʻyicha Xalqaro konferensiya tashkil etilishi va uni oʻtkazish yuzasidan katta tayyorgarlik ishlari olib borilayotganligini taʼkidlab oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi direktori Nurlibek Mыrzamuratov Markazning tashkil etilishi va uning ahamiyati toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Tadbirda Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi tomonidan Orolboʻyida innovatsiyalarni rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan prezentatsiya qilindi.

Xususan, bir yarim oy mobaynida qurgʻoqchilik sharoitida oʻsimliklar yetishtirish, tuproq unumdorligini oshirish, keskin ob-havo sharoitlariga mos  oʻsimliklar navlarini yaratishning innovatsion usullarini oʻrganib kelgan qoraqalpogʻistonlik yosh olimlar Dubay tajribasi bilan oʻrtoqlashdilar.

Matbuot anjumanida respublika ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Azimjon Nazarov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi direktori Nurlibek Mыrzamuratov atroflicha javob berib, olib borilayotgan ishlar haqida batafsil gapirdi.

- Orolboʻyi hududini rivojlantirish boʻyicha katta ishlar boshlangan, - dedi Nurlibek Mыrzamuratov. - Markazimizning Moʻynoqdagi filialiga 20 gektar yer maydoni ajratilgan boʻlib, u yerda hozir koʻchatlar va urugʻlar ekish jarayoni avjida.

Поделиться