O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan Koreya Respublikasining Kichik va oʻrta biznes hamda startaplar vazirligi memorandum imzoladi

2019-04-19 | Innovatsiya

18 aprel kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Koreya Respublikasining Kichik va oʻrta biznes hamda startaplar vaziri Pak Yun Sun oʻrtasida oʻzaro Anglashuv memorandumi imzolandi.

Shuningdek, Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning Oʻzbekistonga davlat tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida Koreya Respublikasining Kichik va oʻrta biznes hamda startaplar vazirligi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikni yangi darajaga olib chiqishning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Koreya Respublikasi Xalqaro innovatsion indeksda 12-pogʻonani egallab, hatto Yaponiya, Italiya, Finlyandiya kabi mamlakatlardan ham yuqori oʻrinda turadi. Blumberg Innovatsion Indeksi reytingida esa ilmiy tadqiqotlar, oliy taʼlim tizimi va patent faoliyati boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinni egallaydi. Koreya davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda 3,35 milliondan ortiq kichik va oʻrta innovatsion korxona faoliyat yuritib kelmoqda, bu roʻyxatga olingan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning 99,9 foizini tashkil etadi. Oʻz navbatida, aholining ish bilan taʼminlash darajasi esa 87,7 foizni tashkil etadi. Bu innovatsion tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa yoshlarning startap loyihalarini ishga tushirishda oʻziga xos qulay shart-sharoitlar yaratilishi tufayli erishilgan natijalardir.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Janubiy Koreya tajribasiga tayangan holda startap ekotizimni yoʻlga qoʻyish, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish orqali 2030 yilda Oʻzbekistonning Xalqaro innovatsion indeksda yetakchi 50 mamlakatlari qatoriga joy olishiga erishishni taʼminlashi qayd etildi.

Uchrashuv doirasida tomonlar joriy yilning noyabr oyida tashkil etladigan K-Startup Grand Challenge startaplar musobaqasida Oʻzbekistonning kichik va oʻrta biznes vakillarining ishtirokini tashkil etishga kelishib oldilar. Unda ishtirokchilar Koreya Respublikasining eng yirik kompaniyalari tomonidan tashkil etiladigan seminarlar, treninglar va stajirovkalarda ishtirok etish hamda yetuk koreys mutaxassislari tomonidan innovatsion tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga oid maxsus kurslarni oʻtash imkoniyatiga ega boʻladilar. Koreya tomoni, shuningdek, tanlovda gʻolib chiqqan oʻzbekistonliklarning loyihalarini bir yil davomida amaliyotga tatbiq etishda moliyaviy yordam koʻrsatishga tayyor ekanligini bildirdilar.

Memorandumning imzolanishi kichik va oʻrta biznes hamda innovatsion tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻzaro tajriba almashish, ikki mamlakat oʻrtasida qoʻshma loyihalar, institutsional va korxonalararo hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash, innovatsion biznes ekotizimni rivojlantirish, xususan biznes inkubatorlar, klasterlar va “biznes farishtalar” xizmatlarini tashkil etish boʻyicha qoʻshma loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, fan, taʼlim, kichik va oʻrta biznes integratsiyasini rivojlantirish boʻyicha tajriba almashish, Gyongi ijodiy iqtisodiyot va innovatsiyalar markazi hamda “Yashnobod” innovatsion texnoparki oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda amaliy yordam beradi.

Поделиться