O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Texnologiyalar

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari informatika boʻyicha xalqaro olimpiadada faxrli oʻrinni qoʻlga kiritdi

27.03.2019Texnologiyalar

Rossiya Federatsiyasining Tver shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashi tarkibiga kiruvchi davlatlarning oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari oʻrtasida V xalqaro olimpiadaning informatika fani boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekistonda ilk innovatsion QR kodli sheʼriy toʻplam nashr etildi

25.03.2019Innovatsiya

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼatga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish boʻyicha tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar Uyushmasi hamda Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bilan hamkorlikda kitobxonlikni keng va maqsadli targʻib qilish, oʻquvchilarni kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlashning innovatsion usullarini joriy etmoqda.

Buyuk Britaniya bilan IT-sohasidagi hamkorlik kuchaytiriladi

25.03.2019Texnologiyalar

2019-yilning 18-22 mart kunlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning London shahrida boʻlib, bir qator tashkilotlar va AT-kompaniyalari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Oʻzbekiston va Koreya AKT sohasida hamkorlikni davom ettiradi

20.03.2019Texnologiyalar

Janubiy koreyalik mutaxassislar Oʻzbekistonda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda, yangi elektron davlat xizmatlarini ishlab chiqishga salmoqli hissa qoʻshmoqda. Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston – Koreya forumida shu haqida soʻz bordi.

GMP talablariga javob beradigan ilmiy-texnologik markaz ishga tushirildi

19.03.2019Fan

OʻzR FA Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida 3 ta moduldan iborat “GMP talablari boʻyicha dori vositalari substansiyalarni ishlab chiqarish texnologiyalarini sinash ilmiy-texnologik markazi” joriy yilning 18 mart kuni ochildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvahidov, OʻzR FA prezidenti Bexzod Yuldashev, OʻzR Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, shuningdek, akademiklar, yetakchi olimlar va mutaxassislar, xorijiy hamkorlar ishtirok etishdi.

AKT vaziri Navoiyda yosh mutaxassislar bilan muloqot qildi

12.03.2019Texnologiyalar

AKT vaziri Sh. Sadikov rahbarligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida boʻlib, soha korxona va tashkilotlari faoliyatini oʻrganmoqda. Ishchi guruh Beshrabot tumanlararo pochta aloqasi va Navbahor telekommunikatsiyalar bogʻlamalarida, shuningdek, Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasidagi “TELECOM INNOVATIONS” hamda “TELECOM DEVICES PRO” qoʻshma korxonalarida boʻldi.

XTV va Microsoft hamkorlikning hozirgi holatini koʻrib chiqdi

11.03.2019Ta’lim

Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Microsoft korporatsiyasi delegatsiyasi bilan muzokara oʻtkazdi.

DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan 100 nafar qizlar uchun yangi texnologiyalar dunyosini ochdi

06.03.2019Fan

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida turli yoshdagi 100 nafar qizlar iqtidorini oshirishga va texnologiya sohasiga jalb etishga yoʻnaltirilgan DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan taʼlim dasturida ishtirok etdi.

Navbatdagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash Markazi tashkil etildi

06.03.2019Fan

5-martda Intellektual mulk agentligi va “IP-CENTER” oʻquv markazi vakillari bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Poytaxtda “Smart turizm” rivojlanmoqda

05.03.2019Turizm

Sayyohlar oʻziga kerakli maʼlumotni olishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, smartfonlardan foydalanadi.

Oʻzbekiston-Tatariston – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalar tarmoqlari rivoji

05.03.2019Texnologiyalar

Joriy yilning 28-fevralidan 2-martiga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillaridan iborat Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining Qozon (Tatariston) shahriga tashrifi amalga oshirildi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Kopengagen universiteti professorlari ishtirokida kurs tashkil etildi

05.03.2019Fan

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Kopengagen universiteti bilan imzolangan shartnoma asosida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ ICM K107 kredit mobillik dasturi yordamida talabalar uchun qisqa kurs tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika institutida SMART auditoriya tashkil etildi

04.03.2019Ta’lim

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan Jizzax davlat pedagogika institutida SMART auditoriya tashkil etildi.

Tomchilatib sugʻorish boʻyicha jizzaxliklar tajribasi

04.03.2019Texnologiyalar

Jizzax viloyatida oʻtgan yili 495 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy etilgani natijasida 1 million 247 ming metr kub suvni iqtisod qilishga erishildi.

Toshkent shahridagi Inha universitetida DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan taʼlim dasturi oʻz ishini boshladi

04.03.2019Texnologiyalar

2019-yil 2-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida 12-14 yoshdagi (kichik guruh) hamda15-17 yoshdagi (katta guruh) qizlarni IT-texnologiyalar sohasiga jalb etish va ularning salohiyatini oshirishga moʻljallangan DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan taʼlim dasturi oʻz ishini boshladi.

“Milliy statistika tizimi: nazariya va amaliyot” mavzusida davra suhbati

28.02.2019Fan

27-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Milliy statistika tizimi: nazariya va amaliyot” mavzusida “Davra suhbati” boʻlib oʻtdi. Tadbirda Davlat statistika qoʻmitasi, Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi xodimlari, TATU oʻqituvchilari va talabalari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

27.02.2019Innovatsiya

2019-yil 26-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II respublika tanlovi gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

TATUda “ROBO CODERS 2019” tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi

25.02.2019Texnologiyalar

24-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi koʻmagida Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo Ulugbek Innovation Centre” Innovatsiya markazi direksiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “ROBO CODERS 2019” Respublika tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi.

Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifati monitoringini elektron boshqarish tizimi yaratildi

22.02.2019Fan

Dastur oliy taʼlim muassasalari reytingini taʼlim sifati indikatorlari (ilmiy faoliyat, oʻqitish sifati, talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati, moddiy-texnik taʼminot, AKT ni qoʻllash va boshqalar) asosida monitoring qilish uchun moʻljallangan.

Robototexniklar oʻrtasida “RoboCUP” televizion musobaqasi eʼlon qilinadi!

22.02.2019Innovatsiya

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash Ulugʻbek jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda yurtimizdagi iqtidorli yosh robototexniklar oʻrtasida “RoboCUP” televizion musobaqasini eʼlon qiladi.