O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jizzax davlat pedagogika institutida SMART auditoriya tashkil etildi
2019-03-04 | Ta’lim
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan Jizzax davlat pedagogika institutida SMART auditoriya tashkil etildi.
Vazirlik axborot xizmatining xabar berishicha, SMART auditoriya aniq va tabiiy fanlarga oid eng soʻnggi rusumdagi koʻrgazmali qurollar, interaktiv ekran, WI-FI va noutbuk qurilmalari bilan jihozlangan.
Endilikda mazkur auditoriyada innovatsion loyihalar asosida oʻquv jarayonlari olib borilib, on-line vebinarlar, davra suhbatlari, xalqaro konferensiyalar tashkil etiladi.