O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Poytaxtda “Smart turizm” rivojlanmoqda

2019-03-05 | Turizm

Sayyohlar oʻziga kerakli maʼlumotni olishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, smartfonlardan foydalanadi.

Hozirgi kunda jahonda “Smart turizm” konsepsiyasi rivojlanmoqda. Toshkent shahrida bu texnologiya ilk bora Toshkent turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan QR-kodlar yordamida sayyohlarga taqdim etilmoqda. Ushbu loyiha doirasida sayyoh QR kod tasviriga ishora qilgan holda bir necha soniyadan soʻng, oʻz smartfoniga 12 ta tilda oson va qulay koʻrinishda poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari haqidagi barcha maʼlumotni qabul qilib oladi. Shu bilan birga foydalanuvchilarga nafaqat sayyohlik obyektlari haqida, balki eng yaqin mehmonxonalar, restoranlar, sanʼat galereyalari va boshqa arxitektura hamda tarixiy yodgorliklar haqida ham maʼlumot beriladi.

Поделиться