O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston va Koreya AKT sohasida hamkorlikni davom ettiradi

2019-03-20 | Texnologiyalar

Janubiy koreyalik mutaxassislar Oʻzbekistonda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda, yangi elektron davlat xizmatlarini ishlab chiqishga salmoqli hissa qoʻshmoqda. Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston – Koreya forumida shu haqida soʻz bordi.

Xalqaro forum Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirligi hamkorligida tashkil etildi.
 
Unda Koreya Respublikasi davlat boshqaruvi va xavfsizlik vaziri oʻrinbosari Yun Jon In boshchiligidagi delegatsiya, yurtimiz vazirlik va idoralari, “Elektron hukumat” tizimi doirasida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarni ishlab chiqishga jalb etilgan janubiy koreyalik AKT mutaxassislari ishtirok etdi.
 
Tadbirda hozirgi kunda raqamli texnologiyalarning rivojlanish darajasi va ulardan foydalanish samaradorligi dunyo mamlakatlari raqobatbardoshligiga sezilarli taʼsir koʻrsatayotgani taʼkidlandi. Shuning uchun zamonaviy AKTlarning jadal rivojlanishi, innovatsiyalarni joriy qilish va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Bunda “Elektron hukumat” tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Elektron shaklda koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari koʻlami kengaymoqda. Bu, oʻz navbatida, fuqarolar va davlat xarajatlarini minimallashtirish imkonini berish barobarida korrupsiyaga qarshi kurashning samarali vositasi hamdir.
 
Anjumanda zamonaviy AKTlardan davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish va ularning ochiqligini taʼminlashda foydalanishning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi. Sohada qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirishga doir takliflar bildirildi.
 
Xususan, “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi qonun mamlakatimizni iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur hujjat bilan jamoat va davlat qurilishi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish kompleks va tizimli ravishda tartibga solingan. Bu jamiyatni demokratlashtirishni yanada jadallashtirish, fuqarolarni qarorlar qabul qilish jarayoniga faol jalb qilish, axborot va zamonaviy davlat elektron xizmatlaridan foydalanish tizimini rivojlantirish uchun zarur tashkiliy-texnik sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
 
Forum doirasida Oʻzbekiston elektron hukumatining ustuvor vazifalari, Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazining elektron hukumatni rivojlantirishdagi oʻrni, Koreya elektron hukumatining yutuq va istiqboldagi rejalariga bagʻishlangan maʼruzalar taqdim etildi.
 
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK direktori R.Sultonovning taʼkidlashicha, Oʻzbekistonda “Elektron hukumat” tizimi rivojlanib bormoqda. Oʻzbekiston BMTning elektron hukumatning rivojlanish darajasi boʻyicha dunyo davlatlari reytingida 80 oʻrinni egalladi. Hozirgi vaqtda bu tizimda qator yirik axborot tizimlari faoliyat yuritmoqda. Ular orasida 140 dan ziyod elektron davlat xizmatlari taqdim etuvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ham bor. 2017 yilda biznesni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizim ishga tushirilib, u orqali 325 nafar yakka tartibdagi tadbirkor va 128 yuridik shaxs iqtisodiy faoliyat yuritish huquqiga ega boʻldi.
 
Bugungi kunda Koreya Respublikasi BMTning elektron hukumatning rivojlanish darajasi boʻyicha dunyo davlatlari reytingida uchinchi oʻrinda qayd etiladi.
 
– Texnologik jarayon yangi elektron davlat xizmatlarini yaratish uchun yanada kengroq imkoniyatlar taqdim etmoqda, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi maslahatchisi Dzin Yuan Xo (Koreya). – Faoliyatim doirasida Oʻzbekistonda “Elektron hukumat” tizimiga innovatsiyalar va raqamli iqtisodiyot texnologiyalarni joriy etishga yaqindan koʻmak bermoqdaman. Barcha saʼy-harakatlarimiz elektron hukumatni yaratishga qaratilgan boʻlib, bu fuqarolarning davlat organlari bilan oʻzaro aloqasini sezilarli darajada yengillashtiradi.
 
Forum yakunida ishtirokchilar elektron hukumatni rivojlantirishning qonuniy asoslari, milliy axborot-kommunikatsiya tizimini takomillashtirish, elektron tijorat va soliq sohalariga elektron davlat xizmatlarini joriy etish istiqbollari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat hokimiyati organlari faoliyati ochiqligini taʼminlashda foydalanish borasida fikr almashdi.
 
Shuningdek, Koreya Respublikasi davlat boshqaruvi va xavfsizlik vaziri oʻrinbosari Yun Jon In boshchiligidagi delegatsiya oʻzaro manfaatli sheriklikni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan qator uchrashuv va muzokaralarda ham ishtirok etdi.
 

Roman BONDARCHUK, OʻzA muxbiri

Поделиться