O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Milliy statistika tizimi: nazariya va amaliyot” mavzusida davra suhbati
2019-02-28 | Fan
27-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Milliy statistika tizimi: nazariya va amaliyot” mavzusida “Davra suhbati” boʻlib oʻtdi. Tadbirda Davlat statistika qoʻmitasi, Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi xodimlari, TATU oʻqituvchilari va talabalari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Davra suhbatida taʼkidlanganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 31-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori soha faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish, statistika axborotlarini yigʻish, toʻplash, saqlash, qayta ishlash hamda ularni Internet tarmogʻi, ommaviy axborot vositalari va mahalliy telekanallar orqali keng tarqatishni yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, bugungi “Axborot asri”da statistik axborotlarning erkinligi, oshkoraligini taʼminlash, mamlakatimizning rivojlanish koʻrsatkichlarini xalqaro statistik toʻplamlarda chop etish hamda turli yoʻnalishdagi reytinglarda aks ettirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shundan kelib chiqib, xalqaro statistik, iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda.
Tadbirda Davlat statistika qoʻmitasi vakillari talabalar va professor-oʻqituvchilarning savollariga atroflicha javob berdilar.