O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifati monitoringini elektron boshqarish tizimi yaratildi
2019-02-22 | Fan
Dastur oliy taʼlim muassasalari reytingini taʼlim sifati indikatorlari (ilmiy faoliyat, oʻqitish sifati, talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati, moddiy-texnik taʼminot, AKT ni qoʻllash va boshqalar) asosida monitoring qilish uchun moʻljallangan.
Elektron boshqaruvning kompleks tizimini joriy qilish asosida oliy taʼlim tizimida ichki (oliy taʼlim muassasasining oʻzini-oʻzi oʻrganish jarayoni natijalari) va tashqi (attestasiya va akkreditasiyadan oʻtkazish natijalari) nazorat monitoring koʻrsatkichlarining aniqlik darajasini oshirish mumkin.
Dastur funksional imkoniyatlari: har bir foydalanuvchi oʻz shaxsiy kabinetiga ega; foydalanuvchi ierarxiyasi monitoringi doimiy kuzatib boriladi va tahlil natijalari koʻrsatiladi; parametrlar asosida kiritilgan maʼlumot bazasi foydalanuvchilar kesimida ierarxik koʻrinishda shakllantiriladi; oliy taʼlim muassasasi boʻyicha indikator koʻrsatkichlarni asoslovchi maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi.
Dastur muallifi Xoʻjaev Alijonga DGU 05861 raqamli guvohnoma berildi.