O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tomchilatib sugʻorish boʻyicha jizzaxliklar tajribasi

2019-03-04 | Texnologiyalar

Jizzax viloyatida oʻtgan yili 495 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy etilgani natijasida 1 million 247 ming metr kub suvni iqtisod qilishga erishildi.

Bundan tashqari, 2018-yil 5 ming gektar maydonda egiluvchan quvur orqali sugʻorish tizimi qoʻllanildi. Bu usulni qoʻllash natijasida esa 6 million 800 ming metr kub suv tejaldi.

Oʻtgan mavsumda Doʻstlik tumanidagi “Farhod” fermer xoʻjaligi 58 gektar maydondagi paxtani yetishtirishda egiluvchan quvurlardan foydalanib, yaxshi samaraga erishdi.

– Anʼanaviy usulda sugʻorilganda oʻrtadan oʻqariqlar qazilishi tufayli gʻoʻza nihollari nobud boʻlardi, – deydi ushbu fermer xoʻjaligi rahbari Muxtor Nurmuhammedov. – Egiluvchan quvurlardan foydalanganda esa, oʻqariqlarga hojat qolmadi. Hisob-kitoblarga koʻra, ariqlar olinmasligi tufayli 3 gektar maydondagi gʻoʻza nobud boʻlishidan saqlab qolindi. Bundan tashqari, ilgari 4 nafar suvchi bajargan ishni endi bir kishi uddalayapti. Tomchilatib sugʻorishda ham, egiluvchan quvurlardan foydalanilganda ham suv isrof boʻlmasdan, toʻgʻri niholning ildiziga yetib boradi. Natijada suv taqchil boʻlgan yilda ham gʻoʻza yaxshi rivojlandi.

Suvni tejaydigan texnologiyalarning afzalligi juda yuqori ekani inobatga olinib, joriy yilda paxta maydonlarida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish rejalashtirilgan. Shu maqsadda viloyatda 21 ta fermer xoʻjaligi 413 gektar, “Jizzax industrial toʻqima” MCHJga 116 gektar, jami 529 gektar maydonga tomchilatib sugʻorish tizimi joriy etiladi.

Hozirda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan shartnomalar imzolanmoqda.

 

Toshqul BЕKNAZAROV, OʻzA muxbiri

Поделиться