O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Texnologiyalar

Innovatsion texnologiyalar - muzeylar faoliyatida

17.01.2019Innovatsiya

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Respublikamiz muzeylarida innovatsion texnologiyalardan foydalanib marketing va targʻibot ishlarini jadallashtirish borasida topshiriqlar berilgan. Bu borada “Ichan-Qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasi “Qadim Xorazm tarixi” boʻlimida smart texnologiyalari, yaʼni audiogidlarning tizimi ishga tushirildi.

ROBOCRAFT – yangi loyiha

16.01.2019Texnologiyalar

Poytaxtimizdagi “Barkamol avlod” respublika bolalar ekologiya va oʻlkashunoslik markazida bolalarga robot va dasturlarni ishlab chiqishni oʻrganish imkonini beruvchi RoboCraft kurslari ochilmoqda. 

Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida Germaniya bilan hamkorlik kengaymoqda

15.01.2019Texnologiyalar

2019-yilning 14-yanvar kuni Oʻzbek-German biznes forumi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sadikov tomonidan bir qator uchrashuvlar oʻtkazildi va germaniyalik hamkorlar bilan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish sohasida kelishuvlar imzolandi.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnoparki tashkil etilmoqda

14.01.2019Texnologiyalar

Axborot texnologiyalari sohasini va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ushbu sohadagi startap-loyihalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ichki va tashqi bozorlarda dasturiy va yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlarni targʻib qilishga koʻmaklashish maqsadida Hindistonning ilgʻor tajribasi asosida hamda ushbu mamlakatning yetakchi konsultantlarini jalb qilgan holda, Toshkentda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnoparki tashkil etilmoqda.

“CTF.UZ” tanlovi natijalari eʼlon qilindi

11.01.2019Jamiyat

9-yanvar kuni “ZOʻR TV” tyelyekanali studiyasida axborot xavfsizligi sohasida “CTF.UZ” ochiq turdagi tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari B. Olmatov, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari S. Babaxodjayyev va “Oʻzbyektyelyekom” aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori N. Xasanovlar ishtirok etishdi.

Oʻzbekistonda yuklarni tashish uchun elektron platforma yaratiladi

10.01.2019Texnologiyalar

8-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda “Oʻzavtotrans” agentligi birgalikda xalqaro multimodal transport-logistika markazining elektron platformasini yaratish toʻgʻrisidagi loyihani ishlab chiqish borasida qaror qabul qildi.

Toshkentda Amiti Universiteti tashkil etiladi

09.01.2019Ta’lim

Yangi oʻquv yilidan Toshkent shahrida Amiti Universiteti (Hindiston)ning filiali ochiladi. Bu haqda tegishli qaror 7-yanvarda qabul qilindi.

Toshkentda axborot xavfsizligi sohasida “CTF.UZ” – ochiq turdagi musobaqa boʻlib oʻtmoqda

07.01.2019Texnologiyalar

2019-yilning 4-9-yanvar kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida axborot xavfsizligi sohasida “CTF.UZ” (Capture the Flag) ochiq turdagi tanlovining yarim final va final bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Musobaqalar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Open Data Challenge-2018 tanlovi yakunlandi

10.12.2018Texnologiyalar

2018-yil 7-dekabr kuni “Open Data Challenge – 2018” tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi. Toshkentdagi Inha universitetida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi doirasida Inha universiteti rektori M. Jalolov va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori Z.Raxmatullayev so‘zga chiqdilar. 

Toshkentda anʼanaviy “Open Data Challenge 2018” tanlovi boʻlib oʻtmoqda

03.12.2018Texnologiyalar

2018-yilning 30-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda, ilovalar ishlab chiqish boʻyicha har yilgi “Open Data Challenge 2018” (Xakaton) tanlovining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash orqali milliy iqtisodiyotni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtadi

29.11.2018Texnologiyalar

2018-yil 30-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, IT-texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari va ularning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi oʻrniga bagʻishlangan anjuman oʻtkazadi.

GDG-Tashkent DevFest birinchi dasturchilar xalqaro festivali boʻlib oʻtdi

27.11.2018Texnologiyalar

2018-yil 24-noyabrda Inha universitetida birinchi xalqaro GDG-Tashkent DevFest dasturchilar festivali boʻlib oʻtdi.

Dasturlash boʻyicha “TUIT OPEN 2018” musobaqasi yakunlandi

27.11.2018Ta’lim

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 24-25-noyabr kunlari “TUIT OPEN 2018” dasturlash boʻyicha musobaqasining final bosqichi boʻlib oʻtdi.

Toshkent shahrida bolalarni maktabga onlayn qabul qilish pilot loyihasi amalga oshiriladi

26.11.2018Texnologiyalar

Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda davlat xizmatlarini sifatini va shaffofligini oshirish maqsadida bolalarni maktabga qabul qilish jarayonini raqamli transformatsiyasi loyihasini amalga oshirishni boshladi.