O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston-Tatariston – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalar tarmoqlari rivoji
2019-03-05 | Texnologiyalar
Joriy yilning 28-fevralidan 2-martiga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillaridan iborat Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining Qozon (Tatariston) shahriga tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif doirasida Tataristonning yetakchi AT-kompaniyalari, innovatsion “Startap-loyihalari” hamda texnologik parklari bilan istiqboldagi hamkorlik va sheriklik munosabatlari oʻrnatildi.
Hamkorlikdagi ishchi guruhi tomonidan Tatariston axborotlashtirish va aloqa vazirligi bilan birgalikda yaqin vaqt ichida hamkorlikni jadallashtirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalar sohasidagi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni shakllantirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Yoʻl xaritasi “startap-ekotizimlar”, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishni venchurli mexanizmlarini joriy etish, AT-taʼlimini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlarni nazarda tutadi.
“Innopolis” Innovatsiya parki va Qozon AT-Parkiga tashrif yakunlariga koʻra, hamkorlik toʻgʻrisidagi tegishli kelishuvlar imzolandi.