O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ICBA bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda

10.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2019-yilda mamlakatda barqaror qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha qo‘shma faoliyatni faollashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) o‘rtasida strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Vazir Jamshid Xodjayev va ICBA bosh direktori Ismaxane Yeloufai o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan edi.

O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumatlarining investitsiya va infratuzilmaviy rivojlanish sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonoti

09.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi hukumati 2020-yil 29-iyun - 1-iyul kunlari Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Adam Boyler va AQShning Afg‘onistonda milliy yarashuv jarayoni bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzadni O‘zbekistonda mamnuniyat bilan kutib oldi.

Ekinlarni tozalangan oqova suv bilan sugʻorishning tuproq tarkibiga taʼsiri oʻrganilmoqda

09.07.2020IqtisodiyotManba: O'zA

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti olim va tadqiqotchilari tomonidan “Oqova suvlarni tozalash inshootlaridan chiqqan suv bilan qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda tuproq ekologik-meliorativ holatining oʻzgarishini oʻrganish” mavzusida loyiha taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Ukraina Elchisi bilan uchrashuv

08.07.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yilning 8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashdi.

Koreya Milliy assambleyasi spikerining o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

08.07.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Seulga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov hamda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikerining o‘rinbosari Kim Sang Xi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Koreya va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi

08.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi qoshidagi Koreya-O‘zbekiston biznes uyushmasi (KO‘BU) raisi Kim Yong Gu bilan ikki mamlakat ishbilarmon hamjamiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni faollashtirish masalalarini muhokama qildi.

Qozog‘iston Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv

08.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi qo‘shni respublikalarning tegishli vazirlik va idoralari bilan doimiy hamkorlikda ishlab, suv xo‘jaligi sohasidagi munosabatlarda yuzaga kelayotgan masalalarning yechimini birgalikda topish uchun muntazam ravishda uchrashuvlar, muloqotlar uyushtirib keladi. Navbatdagi ana shunday uchrashuv joriy yilning 2-3-iyul kunlari, Toshkent shahrida Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri M.Mirzagaliyev boshchiligidagi delegatsiya bilan o‘tkazildi.

Belgiya TIV bosh direktori bilan muzokaralar to‘g‘risida

08.07.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov videokonferensaloqa formatida Belgiya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligining ikki tomonlama masalalar bo‘yicha bosh direktori Anik Van Kalster bilan muzokaralar o‘tkazdi.

OTB Direktorlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasiga 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha qarorni bir ovozdan ma'qulladi

08.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta'sirini kamaytirish uchun Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha tegishli bitmlarga imzo chekish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning 2020-yil 25-iyun kuni OTB Direktorlar Kengashi tomonidan ushbu qaror bir ovozdan ma'qullangan edi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati qishloq xo‘jalik mahsulotlari tashuvlarini amalga oshirishda faollik ko‘rsatmoqda

08.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jo‘natuvchilarga, eksportyor, dehqon hamda tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida bir qator imtiyozlar taqdim etilgan. Kompaniya tarkibidagi "Yo‘lRefTrans" aksiyadorlik jamiyatiga tegishli sovutgichli refrijerator vagonlarda yuk tashish xajmi o‘tgan 2019 yilning mos davriga nisbatan 2020 yilning olti oyi davomida 2,5 barobarga oshdi.

Koreya Eksimbanki raisi bilan muzokaralar o‘tkazildi

08.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Seul shahriga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Koreya Eksimbanki raisi Bang Mun-kyu bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasining JSTga kirishi bo‘yicha Ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

08.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 7-iyul kuni Jenevada videokonferentsiya shaklida O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi bo‘yicha Ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimiz delegatsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov boshchilik qildi.

Koreya Bosh vazirining o‘rinbosari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi

08.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 6-iyul kuni Seul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Koreya Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri Xong Nam Ki bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi joriy iqtisodiy hamkorlik tahlil qilindi va ikki tomonlama sheriklikni kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash maqsadida xalqaro standartlarni sohaga keng joriy etishga e’tibor berilmoqda.

07.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

“O‘zstandart” agentligi tomonidan Organic va Global G.A.P. xalqaro standartlari talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash, eksport geografiyasini kengaytirish maqsadida jahon mamlakatlari tan olgan xalqaro standartlarni qabul qilishga e’tibor qaratilmoqda.

Moliya vaziri: Davlat banklarida 25 nafar chet ellik mustaqil kuzatuv aʼzolari faoliyat boshlaydi

07.07.2020IqtisodiyotManba: O'zA

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan bank sohasida strategiya ijrosi va transformatsiya jarayoni muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda tizimga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston - Koreya: savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi

07.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 6-iyul kuni Seul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Koreya Respublikasi savdo, sanoat va energetika vaziri Song Yun Mo bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari va ularni yanada rivojlantirish mexanizmlari muhokama qilindi.

Koreyaning «KOICA» xalqaro hamkorlik agentligi bilan hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi

07.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 6-iyul kuni Seul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Koreya xalqaro hamkorlik agentligi «KOICA» prezidenti bilan moliya-texnikaviy hamkorlik va uni yaqin istiqbolda kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Koreya tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazildi

07.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Seul shahriga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva bilan uchrashdi.

Bank sohasida strategiya ijrosi va transformatsiya jarayoni muhokama qilindi

06.07.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 6-iyul kuni, bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 15 foizdan 60 foizga oshirishga qaratilgan 2020-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish hamda mamlakat tijorat banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Jizzax va Samarqand viloyatlarining o‘sish nuqtalari belgilandi

06.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligida hamda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari tarkibidagi ishchi guruh yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi orasida kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek, Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi iqtisodiy o‘sish nuqtalarini aniqlash bo‘yicha joylarga chiqqan holda o‘z ishini boshladi.