O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Belgiya TIV bosh direktori bilan muzokaralar to‘g‘risida

2020-07-08 | Siyosat

2020-yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov videokonferensaloqa formatida Belgiya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligining ikki tomonlama masalalar bo‘yicha bosh direktori Anik Van Kalster bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar turli darajalarda o‘zaro tashriflarni tashkil etish yo‘li bilan siyosiy muloqotni faollashtirishning zarurligini qayd etdilar. Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston tomoni epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 7-raundini Toshkent shahrida o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

Savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarga alohida e’tibor qaratishning muhimligi ta’kidlandi, ikki tomonlama savdo hajmlarini oshirishga ko‘maklashish mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться