O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koreya tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazildi

2020-07-07 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Seul shahriga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama sheriklikning keng ko‘lamli masalalari, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Ko‘p jihatdan Koreya Respublikasi Prezidentining 2019-yil aprel oyida O‘zbekistonga amalga oshirilgan tashrifi tufayli erishilgan mamlakatlararo muloqotning yuqori darajasi ta’kidlab o‘tildi. Tashrif davomida qator bitim va shartnomalar imzolandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha eng katta muvaffaqiyatga erishgan davlatlardan biri sifatida e’tirof etilgan Koreyaning bu boradagi ilg‘or amaliyotini O‘zbekistonda joriy etish istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, pandemiyaga qarshi kurashda xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirish va muvofiqlashtirishga kelishildi.

Bundan tashqari, hukumat va vazirlar darajasida ikki tomonlama tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Ular orasida O‘zbekiston va Koreya Bosh vazirlari o‘rinbosarlarining 3 chi yig‘ilishi, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya hukumatlararo qo‘mitasining navbatdagi 10 chi yig‘ilishi, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokidagi biznes - forumi ham bor.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra mamlakatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi va umumiy vazifalarni bajarish uchun birgalikdagi faoliyatni davom ettirish bo‘yicha har ikki tomon tayyorigi ta’kidlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться