O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

Sanoat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

12.08.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-avgust kuni hududlarda sanoatni rivojlantirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekiston va Belarus savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni davom ettiradi

12.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Belarus Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Subbotin bilan telekonferentsaloqa orqali muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston-Afg‘oniston muzokaralari - ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish va Markaziy Osiyoda barqarorlik va taraqqiyotni mustahkamlash yo‘lidagi yana bir qadamdir

09.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 8-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumat delegasiyalari o‘rtasida videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazildi. 

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

09.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 7-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) vitse-Prezidenti A.Pilou bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

2020-2021-yillarda Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

09.08.2020HujjatlarManba: O'zA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Eksport salohiyatini rivojlantirish va investisiya loyihalarini amalga oshirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

08.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 7-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida respublika tadbirkorlari va eksportchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jahon bozorlaridagi mavjud kon'yunkturani hisobga olgan holda mahalliy eksport hajmini oshirish bo‘yicha choralarni ko‘rish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hududiy dasturlarini amalga oshirishni muhokama qilish maqsadida videokonferensiya shaklida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Nagoya shahrining meri bilan muzokaralar o‘tkazildi

08.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 7-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiya va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Nagoya shahrining (Yaponiya) meri T.Kavamura bilan videomuloqot o‘tkazib, uning davomida o‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Nagoya shahriga amalga oshirilgan tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etilishi yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.

Oʻzbekiston quruvchilariga bayram tabrigi

08.08.2020SiyosatManba: O'zA

Davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish borasidagi ishlar keskin tanqid qilindi

05.08.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni energetika, transport, kommunal xo‘jalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Poytaxt va Toshkent viloyati tumanlari hududlarini o‘zgartirish masalalari ko‘rib chiqildi

05.08.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 avgust kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatining o‘zaro chegaradosh bo‘lgan tumanlari hududlarini o‘zgartirish bo‘yicha tayyorlangan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

O‘zbekiston va Halqaro Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (IFAD) o‘rtasida moliyaviy bitim imzolandi

05.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Joriy yilning 4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi hamda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) o‘rtasida qiymati 46,2 million AQSh dollariga teng bo‘lgan “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi bo‘yicha moliyaviy bitim raqamli imzolanishi bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi bilan "Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish" loyihasining ikkinchi bosqichini moliyalashtirish to‘g‘risida Bitim imzolandi

05.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 4-avgust kuni videokonferentsaloqa orqali Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (QXRXJ) Prezidenti J.Ungbo va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov "Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish" loyihasining 2-chi bosqichi doirasida 47 mln dollar miqdorida moliyalashtirish to‘g‘risidagi Bitimni imzoladilar.

O'zbekiston Respublikasida urbanizatsiya darajasi

04.08.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O‘zbekiston-Indoneziya: Ziyorat turizmi yo‘nalishidagi hamkorlik aloqalari faollashadi

03.08.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi elchisi U. Ro‘ziqulov Indoneziya parlamenti Vakillar palatasining fuqarolar farovonligi masalalari bo‘yicha spiker o‘rinbosari Muhaimin Iskandar bilan uchrashdi.  

Germaniyaning kichik va o‘rta biznesi bilan hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi

03.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 30-iyul kuni Germaniyaning kichik va o‘rta korxonalar Federal uyushmasi (BVMW) va Yevropa Ittifoqi kichik va o‘rta biznes milliy assosiasiyasi (CEA-PME) rahbarlari, shuningdek, Germaniya sanoat va transport-logistika kompaniyalari vakillari bilan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi – O‘zbekiston uchun rivojlanish bo‘yicha ishonchli hamkor

03.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 30-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) prezidenti Sh.Kitaoka o‘rtasida videomuloqot o‘tkazildi.

O‘zbekiston va Turkiya: xorijiy tajriba - jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish garovidir

30.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 29-iyul kuni O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Turkiyaga tashrifi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Turkiya Respublikasi Buyuk milliy majlisi a’zolari J.Yilmaz va L.Elvan bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

30.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 28-iyul kuni Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashining videokonferentsiya shaklida yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Bankka a’zo bo‘lgan 103ta mamlakatdan OIIB Boshqaruvchilari va Boshqaruvchilarining o‘rinbosarlari, Bank rahbariyati, xalqaro ekspertlar va boshqa yuqori martabali mehmonlar ishtirok etdilar.

Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

30.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

28-iyul kuni Anqara shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti F.Oktay va Turkiyaning asosiy vazirlik va idoralari rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

30.07.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 28 iyul kuni O‘zbekiston delegatsiyasining Anqara shahriga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov va Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri M.Chavushoglu o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.