O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koreya va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi

2020-07-08 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi qoshidagi Koreya-O‘zbekiston biznes uyushmasi (KO‘BU) raisi Kim Yong Gu bilan ikki mamlakat ishbilarmon hamjamiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni faollashtirish masalalarini muhokama qildi.

Ma’lumot uchun: Koreya Respublikasi Sanoat, savdo va energetika vazirligi qoshidagi Koreya-O‘zbekiston biznes uyushmasi Inchon shahridagi Koreya-O‘zbekiston biznes markazi negizida 2020-yil aprel oyida tashkil etilgan. Maqsadi - savdoni kengaytirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish orqali O‘zbekiston va Koreyaning iqtisodiy rivojlanish platformasini tashkil etish hisoblanadi. Boshqaruv tarkibiga 6 ta faxriy maslahatchi va Koreya iqtisodiyotining turli sohalaridan 8 ta direktor kiradi.

Uchrashuvda, shuningdek, KO‘BU direktorlar kengashi a’zolari - «Evergreen Motors», «Englishunt», «BT&I», «Hanshin E&C» kabi Koreyaning yetakchi kompaniyalarining rahbarlari hamda Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universitetining (KXU) rahbari ishtirok etishdi.

Uyushma rahbariyati mamlakatda bosqichma bosqich olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va investitsiya muhitining yaxshilanishi tufayli Koreya kompaniyalarining O‘zbekistonda biznes yuritishga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida Koreya ishbilarmonlari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tashabbuslar haqida gapirib berishdi hamda yaqin kelajakdagi rejalari bilan bo‘lishishdi.

Shuningdek, muloqot doirasida qurilish va shahar infratuzilmasini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, oliy va o‘rta maxsus ta’lim, turizm va rivojlantirish sohalarida aniq loyihalarni implementatsiya qilishda manzilli yordam ko‘rsatish choralari muhokama qilindi.

Hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari ustida amaliy ishlar olib borish hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan muzokaralar o‘tkazish maqsadida Koreyaning ayrim kompaniyalari rahbarlarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Farg‘ona shahrida KO‘BU rasmiy vakolatxonasini ochish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Tashkil etiladigan vakolatxona har ikki mamlakat biznes vakillari o‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirish va Koreya investitsiyalarini jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan loyihalar sonini oshirishga imkon beradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться