O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash maqsadida xalqaro standartlarni sohaga keng joriy etishga e’tibor berilmoqda.
2020-07-07 | Iqtisodiyot
“O‘zstandart” agentligi tomonidan Organic va Global G.A.P. xalqaro standartlari talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash, eksport geografiyasini kengaytirish maqsadida jahon mamlakatlari tan olgan xalqaro standartlarni qabul qilishga e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunga kelib qishloq-xo‘jaligi sohasiga tegishli 1276 ta standartlar (shundan 893 tasi xalqaro standartlarga uyg‘unlashgan, 70%) amalga kiritildi. Bularning 309 tasi xalqaro va 6 tasi xorijiy davlatlarning standartlari tashkil etadi.
Bundan tashqari qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga tegishli 69 ta YeEK OON standartlari qabul qilindi.
Manba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi