O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qozog‘iston Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv

2020-07-08 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi qo‘shni respublikalarning tegishli vazirlik va idoralari bilan doimiy hamkorlikda ishlab, suv xo‘jaligi sohasidagi munosabatlarda yuzaga kelayotgan masalalarning yechimini birgalikda topish uchun muntazam ravishda uchrashuvlar, muloqotlar uyushtirib keladi. Navbatdagi ana shunday uchrashuv joriy yilning 2-3-iyul kunlari, Toshkent shahrida Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri M.Mirzagaliyev boshchiligidagi delegatsiya bilan o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida suv xo‘jaligi munosabatlari sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning loyihasi muhokama qilindi. Avvalgi uchrashuvlarda bildirilgan taklif va e’tirozlarni hisobga olgan holda hujjatning har bir bandi qaytadan ko‘rib chiqildi.

“Yo‘l xaritasi” O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev va Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri M.Mirzagaliyev tomonidan imzolandi.

Aytish joizki, 2020-yil 1-iyul kuni Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston tomonlarining “Bahri Tochik” suv omborini iyul-avgust oylarida ishlatish rejimini kelishish to‘g‘risida ishchi yig‘ilishi o‘tkazilib, bayonnoma imzolangan edi. Toshkentdagi uchrashuv chog‘ida ushbu bayonnomada belgilangan majburiyatlarni to‘liq bajarishga kelishib olindi.

Ayni paytda O‘zbekiston va Qozog‘iston Hukumatlari o‘rtasida suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha Bitim loyihasi ishlab chiqilmoqda. Uchrashuv chog‘ida tomonlar uni takomillashtirish yuzasidan yana qo‘shimcha muhokamalar o‘tkazishga kelishib oldilar.

Do‘stona, ishchan va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakuni bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolandi.

Mazkur uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi suv xo‘jaligi munosabatlarini rivojlantirishda o‘z samarasini beradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться