O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliya vaziri: Davlat banklarida 25 nafar chet ellik mustaqil kuzatuv aʼzolari faoliyat boshlaydi

2020-07-07 | Iqtisodiyot

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan bank sohasida strategiya ijrosi va transformatsiya jarayoni muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda tizimga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri Timur ISHMETOV mazkur yigʻilish va kelgusida davlat banklari tizimida kutilayotgan yangiliklar haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
 
— Prezidentimiz raisligida Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish hamda mamlakat tijorat banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirishga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda bank tizimidagi muammolarga alohida eʼtibor qaratildi.
 
Jumladan, pandemiya davrida iqtisodiy inqirozni hisobga olib, tadbirkorlik subyektlariga bir qator kreditlar berilgani, lekin yil oxiriga borib muammoli kreditlarning ulushi bir necha barobar oshib ketish ehtimoli yuqoriligi, bu bank tizimi uchun xavf keltirib chiqarishi qayd etildi. Bu borada Markaziy bank tomonidan barcha davlat banklari stress-testdan oʻtkazildi. Yaʼni, mana shunday inqiroz holati davom etsa va tegishli choralar koʻrilmasa, yil oxirigacha muammoli kreditlar ulushi koʻpayib ketishi ehtimoli borligi toʻgʻrisida xulosa berildi. Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida Markaziy bank, Moliya vazirligi va tegishli banklarga topshiriqlar berildi.
 
Yana bir muhim yangilikni aytib oʻtishni xohlar edim. Bugungi kunda davlat banklarining kuzatuv kengashlariga jami 14 nafar mustaqil chet ellik direktorlar jalb qilingan. Yana 11 nafar mutaxassis bilan muzokaralar olib borilmoqda.
 
Yaqin kunlarda davlat banklarida 25 nafar chet ellik mustaqil kuzatuv aʼzolari faoliyat boshlaydi. Yil oxirigacha davlat banklarida chet ellik mustaqil kuzatuv kengashi ekspertlari ulushi 30 foizga chiqariladi.
 
Bu bizga nima beradi? Aynan mustaqil direktorlar orqali biz bank rahbariyati ustidan nazoratni kuchaytiramiz. Davlat banklarida olib borilayotgan har qanday siyosat va operatsiyalar kengash tomonidan tasdiqdan oʻtkaziladi.
 
Bu tizim orqali mavjud muammolar oʻz vaqtida bartaraf etilib, istiqbolli loyihalarga poydevor qoʻyiladi.

Manba: O'zA

Поделиться