O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

Prezident yangi avtomobil modellarini koʻzdan kechirdi

21.08.2020SiyosatManba: O'zA

Bektemir tumani faollari bilan uchrashuvdan soʻng davlatimiz rahbari mamlakatimizda ishlab chiqarilishi loyihalashtirilgan maxsus avtomobillarni koʻzdan kechirdi.

Mahalliylashtirishni kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilandi

21.08.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi «Cooperation LAB» markazining o‘zida hududlarda sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirishni kengaytirish masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Rossiya Federatsiyasi bilan investitsiya, moliya va transport sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

21.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 20-avgust kuni hukumat delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakovning vazirliklar, idoralar va moliyaviy tashkilotlar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlari bo‘lib o‘tib, ular davomida joriy hamkorlikning dolzarb masalalari va yaqin istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev: Korxonalarning «yuragi» - muhandis, konstruktorlar

21.08.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Davlatimiz rahbari Bektemir tumanidagi “Metal Processing” mas’uliyati cheklangan jamiyatda tayyorlanayotgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi.

Bektemir tumanida yangi qo‘shma korxona faoliyati ko‘zdan kechirildi

21.08.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi “Prof- Milk” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

“Mahsulot qachon arzon bo‘ladi? Sharoit yaratsak” - Prezident Bektemir tumaniga keldi

21.08.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Pandemiya tufayli vaqtincha to‘xtab qolgan korxonalar o‘z faoliyatini tiklay boshladi. Lekin ular yana to‘liq quvvatga chiqishi uchun vaqt va rag‘bat zarur. Prezident Shavkat Mirziyoyevning qator farmonlari va videoselektor yig‘ilishlarida bu borada aniq vazifalar belgilanib, izchil amalga oshirilmoqda.

Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

21.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 19-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri M.Reshetnikov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirkorlikni rivojlantirishda hududlardagi qoʻshimcha imkoniyatlar tahlil qilindi

20.08.2020SiyosatManba: O'zA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 20-avgust kuni mutlaqo yangi tizim, tartib va yondashuvlar asosida iqtisodiy faollikni oshirish hamda har bir tuman va shaharga qoʻshimcha zaxira yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Rossiya Federatsiyasi bilan ko‘p qirrali iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

20.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 19-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri D.Manturov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston - Rossiya: kengaytirilgan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat hamkorligi sari

20.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 19-avgust kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakovning Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining o‘rinbosari A.Overchuk bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat hamkorligi masalalarining keng ko‘lami muhokama qilindi.

QQS summasi o‘rnini qoplash - umumiy qoidalar

18.08.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi “Qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda chet el yuridik shaxslari bilan bog‘liq soliq ma’murchiligini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 489-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida Nizom” QQS summasi o‘rnini qoplash shartlari va tartibini belgilaydi.

Respublika kimyo sanoatining salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha birinchi darajali chora-tadbirlar belgilandi

18.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida va “O‘zkimyosanoat” AJ rahbariyati hamda tegishli vazirliklar, idoralar va bir qator tijorat banklari ishtirokida kengaytirilgan videokonferentsiya shaklida kimyo sanoatining joriy holati va uni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod va Sardoba tumanlarida investisiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi

16.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 14-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligidagi hamda vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari va tijorat banklari rahbarlaridan iborat ishchi guruhi bevosita joylarga chiqib Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod va Sardoba tumanlarida iqtisodiy ishlab chiqarish faoliyatini tiklash, eksport salohiyatini oshirish, mahalliy aholi bandligini ta'minlash va hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan investisiya loyihalari amalga oshirilishining jarayoni bilan tanishdi.

Transport sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

16.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida transport sohasini islohot qilishga bag‘ishlangan videokonferensiya shaklida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Bo‘stonliq tumanida turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar ko‘rib chiqildi

14.08.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-avgust kuni turizm salohiyatini kengaytirishga doir loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki Buxoroda suv taʼminotini yaxshilashga 385,12 mln AQSH dollari ajratadi

14.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali

“Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida ”Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish“ loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Eksport yuklarini va ularni tashishlarni sugʻurta qilish tartibi belgilandi

14.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Hukumat qarori bilan “Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq faoliyatni sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Respublikada 2020-yilda ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy qishloq xo‘jaligi ekinlarni ekilishi bo‘yicha ma’lumot

14.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Respublikada 2020-yilda ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan maydonlarga jami 858,5 ming gektar, shundan 115,1 ming gektar sabzavot, 35,6 ming gektar poliz, 42,5 ming gektar kartoshka, 342,7 ming gektar dukkakli don, 20,4 ming gektar moyli, 189,4 ming gektar ozuqa, 57,8 ming gektar sholi hamda 55,1 ming gektar tariq va supurgi ekinlarini ekish ko‘zda tutilgan.

Gruziya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

13.08.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 13-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Gruziya Tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani bilan telefon orqali muloqot qildi.

Moliya vazirligi Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi va Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi hamkorligida “Koronavirus pandemiyasining zamonaviy moliya tizimiga ta’siri” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi

13.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati hamda tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining bilim, malaka va ko‘nikmalarini, shuningdek salohiyatini oshirish maqsadida Moliya vazirligi xodimlar bilan ishlash boshqarmasi va Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi bilan hamkorlikda 2020-yil 11-avgust kuni “Koronavirus pandemiyasining zamonaviy moliya tizimiga ta’siri” mavzusidagi seminar Zoom-konferentsiyasi tashkil etildi.