O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ukraina Elchisi bilan uchrashuv
2020-07-08 | Siyosat
2020-yilning 8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi O‘zbekiston-Ukraina hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar joriy yilning ikkinchi yarmi uchun O‘zbekiston-Ukraina kun tartibi, jumladan turli darajadagi uchrashuv va qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi