O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati qishloq xo‘jalik mahsulotlari tashuvlarini amalga oshirishda faollik ko‘rsatmoqda

2020-07-08 | Iqtisodiyot

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jo‘natuvchilarga, eksportyor, dehqon hamda tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida bir qator imtiyozlar taqdim etilgan. Kompaniya tarkibidagi "Yo‘lRefTrans" aksiyadorlik jamiyatiga tegishli sovutgichli refrijerator vagonlarda yuk tashish xajmi o‘tgan 2019 yilning mos davriga nisbatan 2020 yilning olti oyi davomida 2,5 barobarga oshdi.

Har yili an'anaviy tarzda sovutgichli refrijerator vagonlarda eksportga tashiladigan pomidor, bodring, karam, sabzi, piyoz, ko‘katlar kabi poliz mahsulotlaridan tashqari 2020 yilda gilos, limon, o‘rik, uzum kabi bog‘dorchilik mahsulotlari Rossiya federasiyasi va Qozoqiston Respublikasining turli hududlariga yetkazib berilmoqda.

Shu qatorda, "Yo‘lRefTrans" aksiyadorlik jamiyati joriy yilda aholiga zarur bo‘lgan oziq ovqat mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish maqsadida, import mahsulotlarni tashishga ham e'tibor qaratmoqda. Jumladan joriy yilda sovutgichli refrijerator vagonlarda qariyib 53 000 tonna kartoshka va 200 tonnadan ortiq yog‘-moy mahsulotlari olib kelindi.

Bundan tashqari "Yo‘lRefTrans" aksiyadorlik jamiyati tomonidan importyorlar bilan hamkorlikda refrijerator vagonlarda Boltiq bo‘yi mamlakatlaridan go‘sht va sut mahsulotlarini tashish uchun shartnomalar imzolangan.

Bugungi kunda "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati refrejerator vagonlarda ho‘l-meva va sabzavot mahsulotlari uchun talab qilingan haroratni saqlagan holda Respublikamizning istalgan hududidan, MDH va Boltiq bo‘yi davlatlarining barcha hududlariga kafolati ta'minlangan holda mahsulotlarni yetkazib beradi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun: (71)237-80-20. "Yo‘lRefTrans" AJ +998(90) 938-40-00 raqamli "Temiryo‘llogistik" Telegram kanali.

Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Поделиться