O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Turkiya: xorijiy tajriba - jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish garovidir

2020-07-30 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 29-iyul kuni O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Turkiyaga tashrifi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Turkiya Respublikasi Buyuk milliy majlisi a’zolari J.Yilmaz va L.Elvan bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonning har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida Turkiyaning yetakchi mutaxassislari va maslahatchilarini jalb qilish bo‘yicha joriy hamkorlikning borishi ko‘rib chiqildi. Ushbu yo‘nalishda amaliy hamkorlik allaqachon boshlanganligi ta’kidlandi: iyun oyida «Turkish Airlines» aviakompaniyasining sobiq vitse-prezidenti, fuqaro aviatsiyasi sohasidagi xalqaro darajadagi ekspert O.Sivrikaya «Uzbekistan Airways» milliy aviakompaniyasining faoliyatini yanada takomillashtirish uchun maslahatchi sifatida jalb etilgan bo‘lib, hozirda u Boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimida ishlamoqda. Shuningdek, turk tomonining ko‘magi bilan O‘zbekistonda Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining (TOVV) filiali ochildi va u yerga talabalarning qabul qilinishi joriy yilda boshlanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotining bir qator ustuvor tarmoqlari - qurilish, qishloq xo‘jaligi, energetika, to‘qimachilik va qurilish materiallari ishlab chiqarishning rivojlanishini faollashtirish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Institutsional islohotlarni amalga oshirishda, investitsiya muhitini izchil yaxshilashda, yirik xorijiy investorlarni jalb qilish va korruptsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini joriy etishda Turkiya tajribasini o‘rganish va qo‘llashning istiqbollari ta’kidlandi. Shu nuqtai nazardan, kelgusida birgalikda ishlash uchun aniq yo‘nalishlar, jumladan, qonun hujjatlaridagi o‘zgarishlarning respublika investitsiya muhitiga ta’sirini baholash, qurilish sohasida texnik reglamentlar va jarayonlarni optimallashtirish, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yuksaltirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Tomonlar O‘zbekistonda elektron kraudsorsing platformasini yaratish uchun turk ekspertlarini jalb qilish to‘g‘risida kelishib oldilar. Ushbu platforma Respublikada loyihalarni amalga oshirayotgan xorijiy va mahalliy ishbilarmonlarga yuzaga kelayotgan muammolar haqida onlayn-rejimda xabar berish, tegishli davlat tuzilmalariga esa - kelib tushgan so‘rovlarga tezkor javob berish imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari, Turkiya va O‘zbekiston kompaniyalari ishtirokida qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, charm-poyabzal va avtomobil sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi sohalarga yangi investorlarni jalb qilish doirasida o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston davlat organlari xodimlari uchun malaka oshirish va safarga chiqish bilan bog‘liq stajirovka o‘tash dasturlarini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться