O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Germaniyaning kichik va o‘rta biznesi bilan hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi

2020-08-03 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 30-iyul kuni Germaniyaning kichik va o‘rta korxonalar Federal uyushmasi (BVMW) va Yevropa Ittifoqi kichik va o‘rta biznes milliy assosiasiyasi (CEA-PME) rahbarlari, shuningdek, Germaniya sanoat va transport-logistika kompaniyalari vakillari bilan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov, tarmoq vazirliklari va idoralari rahbarlari, Germaniya tomonidan - AKT, elektrotexnika, tibbiy kosmetika, qurilish materiallari va boshqa bir qator tarmoqlarida faoliyat yurituvchi «Shnayder Grup», «Durum», «ErEsPe Interneshnl», «Medikos Kosmetik» kabi 38 ta Germaniya kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdilar.
 
Videokonferensiya chog‘ida investisiya hamkorligining joriy holati va rivojlanishining istiqbollari, shuningdek, o‘zaro manfaatli sheriklikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi.
 
Nemis biznesining vakillari kompaniyalar faoliyati va O‘zbekistonda qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdilar. Chet el tadbirkorlari O‘zbekiston hukumatining investisiya muhitini yaxshilash, me'yoriy-huquqiy maydonni takomillashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurashdagi harakatlariga ijobiy baho berdilar, shuningdek, respublikadagi faoliyatini kengaytirishga tayyorligini bildirdilar.
 
Videokonferensiya doirasida yoqilg‘i-energetika, bank sektori, tarif va notarif tartibga solish, soliq ma'murchiligi sohalaridagi masalalarga tegishli savol-javoblar sessiyasi bo‘lib o‘tdi, uning davomida xorijiy tadbirkorlar va bo‘lajak sheriklar O‘zbekiston vazirliklari va tarmoq idoralari vakillaridan batafsil ma'lumot oldilar.
 
Tadbir yakunida o‘zaro hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha keyingi qadamlar, jumladan, Germaniya kichik va o‘rta korxonalar Federal uyushmasi ishchi guruhining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish masalalari rejalashtirildi. Germaniya va O‘zbekiston ishbilarmon jamoalari o‘rtasidagi munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari sifatida hamkorlikning istiqbolli o‘sish nuqtalarini aniqlash, sanoat kooperatsiyasida sheriklikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish belgilandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться