O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

Toshkent viloyatida issiqlik elektr stansiyasi: Turkiyaning Cengiz Enerji 2022-yilga kelib IES quradi

11.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligida Turkiyaning Cengiz Enerji energetika kompaniyasi bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

O‘zbekiston va Pokiston strategik hamkorlikni jadal kengaytirishni mo‘ljallamoqda

11.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegasiyasining tashrifi doirasida Islomobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakovning Pokiston Islom Respublikasi Qurolli kuchlarining quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni Qamar Javad Bajva bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Pokiston transport sohasidagi hamkorlikni kengaytiradilar

11.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegasiyasining tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov Pokiston Islom Respublikasi dengiz ishlari bo‘yicha federal vaziri Ali Haydar Zaidi bilan muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston-Pokiston ko‘p qirrali hamkorligini rivojlantirish borasida kelgusidagi qadamlar belgilandi

11.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegasiyasining tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakovning Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining savdo, to‘qimachilik sanoati va investisiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklik sohasidagi masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

11.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegasiyasining tashrifi doirasida Islomobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakovning Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘n ikki turdagi meva-sabzavot mahsulotlar Buyuk Britaniyaga eksport qilinadi

10.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi
Yevropa mamlakatlarida yurtimizda yetishtirilgan sarhil meva sabzavotlarlarga bo‘lgan ta'lab yildan yilga ortib bormoqda.

Ma'lumotlar bazasidagi kamchiliklar bartaraf etiladi

10.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda kadastr va soliq organlari ma'lumotlar bazasidagi xatoliklar to‘g‘risida aholidan shikoyatlar tez-tez uchramoqda. 

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Iqtisodiy forumining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

10.09.2020MDHManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 9-sentabr kuni videokonferensiya shaklida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Iqtisodiy forumining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻlaqonli taʼminlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida

09.09.2020HujjatlarManba: O'zA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha navbatdagi vebinar

09.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi yig‘ilishining 2-bayonnomasi 5–bandi ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi joriy yilning 8-sentabr kuni Moliya vazirligi tomonidan navbatdagi vebinar tashkillashtirildi. Vebinar Jahon bankining “Logistika samaradorligi indeksi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi”, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni tartibga solish cheklovlari indeksi” va INSEAD universiteti hamda Cornell tashkilotining “Global innovasiyalar indeksi” mavzulariga bag‘ishlandi. 

O‘zbekistondagi AQSh va Yevropa Ittifoqi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari vakillari bilan onlayn maslahatlashuvlar o‘tkazildi

09.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 8-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov O‘zbekistondagi AQSh va Yevropa Ittifoqi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari vakillari bilan Respublikaning paxta va to‘qimachilik sohalarini isloh qilishda hamkorlikning istiqbollari muhokamasiga bag‘ishlangan onlayn maslahatlashuvlar o‘tkazdi.

O‘zbekiston - Malayziya: hamkorlikning ko‘p qirrali istiqbollari

09.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 8-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakovning Malayziya Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari - xalqaro savdo va sanoat vaziri Moxamed Azmin Ali bilan videokonferensiya shaklida muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Navoiy viloyatida investisiya, sanoat va eksport faoliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari ishlab chiqildi

09.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 7-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida hamda vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimliklar rahbarlaridan iborat eksport va investisiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi Navoiy viloyatining sanoat korxonalarini va investisiyaviy loyihalarini inventarizasiyadan o‘tkazish hamda viloyatning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha olib borilgan ishlar yakunlarini sarhisob qildi.

Sifat menejment tizimlarini joriy etilishi ijobiy samara beradi

08.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

“O‘zstandart” agentligi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida respublikamiz miqyosida 140 ta ishlab chiыarish korxonalarida sifat menejmenti tizimi joriy etildi. Shu bilan birga 144ta muvofiqlik sertifikatlari ham rasmiylashtirildi. jumladan:

Latviyada O‘zbekiston xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik buyumlarini sotishga ixtisoslashgan markaz tashkil etilmoqda

07.09.2020MadaniyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

RIGA, 7-sentabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasi ko‘magida «Armas» kompaniyasi manziliga sopol, pichoq, cho‘yandan ishlangan qozon va o‘zbek milliy hunarmandchiligining boshqa buyumlaridan iborat og‘irligi 20 tonnadan ortiq yuk yetkazib berildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun Yevropa standartlari olindi

07.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

“O‘zstandart” agentligi va Yevropa Standartlashtirish Tashkiloti (CEN) o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.

Buxoro viloyatida investisiya, sanoat va eksport o‘sishining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi

07.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 6-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida hamda vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimliklar rahbarlaridan iborat eksport va investisiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi Buxoro viloyatining investisiya, sanoat va eksport salohiyatini o‘rganish va iqtisodiy rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan ishlar yakunlarini sarhisob qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy holati o‘rganildi

07.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 2-6 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligidagi va vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlarining rahbarlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy holati hamda investisiya va infratuzilmaviy loyihalar amalga oshirilishini joylarga chiqqan holda o‘rganish bo‘yicha ish olib borildi.