O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eksport salohiyatini rivojlantirish va investisiya loyihalarini amalga oshirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

2020-08-08 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 7-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida respublika tadbirkorlari va eksportchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jahon bozorlaridagi mavjud kon'yunkturani hisobga olgan holda mahalliy eksport hajmini oshirish bo‘yicha choralarni ko‘rish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hududiy dasturlarini amalga oshirishni muhokama qilish maqsadida videokonferensiya shaklida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tegishli vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdilar.
 
Eksport hajmini oshirish bo‘yicha joriy yilning yanvar'-iyul' oylarida amalga oshirilgan ishlar natijalari, jumladan, eksportchi korxonalarning aylanma kapitalini to‘ldirish, ilgari to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini ularga qaytarish bo‘yicha ko‘rilgan choralar, shuningdek, respublikaning eksport salohiyatini ilgari surish, mahalliy mahsulotlar uchun yangi buyurtmachilarni izlash va eksport shartnomalarini bajarishga ko‘maklashish bo‘yicha O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatining natijadorligi tanqidiy ko‘rib chiqildi.
 
Yig‘ilish chog‘ida hozirgi vaqtda jahon amaliyotida pandemiya sharoitida ishlab chiqarish va tovarlar savdosini amalga oshirishning zamonaviy samarali mexanizmlari joriy etilganligi, bu esa jahon iqtisodiyotining tiklanishiga va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning faollanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatayotganligi ta'kidlandi. Shu munosabat bilan, eksport hajmini oshirish uchun barcha mavjud zahiralardan foydalanish bo‘yicha tegishli tuzilmalar va organlarning tizimli ish olib borishi zarurligi ta'kidlandi.
 
MDH va qo‘shni davlatlar bozorlarida bir qator tovar pozisiyalariga talabning o‘sib borayotganligi, shuningdek, mahalliy mahsulotlarning ayrim turlariga narxlar o‘sishining prognozlari ta'kidlandi, bu esa belgilangan yo‘nalishlarda ishlab chiqarish va eksport hajmining maqsadli o‘sishi uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantiradi.
 
Eksportchi korxonalarning mavjud muammolarini aniqlash, ularni tezkorlik bilan hal qilish bo‘yicha choralarni ko‘rish, tadbirkorlarning qo‘shimcha kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash va ilgari to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini qaytarishdan iborat eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika shtabi faoliyatini yanada faollashtirish choralariga alohida e'tibor qaratildi. Shu bilan birga, mahalliy korxonalar to‘lov intizomiga rioya qilishlari zarurligi ta'kidlandi, shu munosabat bilan amaldagi eksport shartnomalari bo‘yicha muddatlari o‘tgan debitorlik qarzdorliklarni qisqa muddatda tugatish vazifasi qo‘yildi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida hududiy investisiya dasturlarining bajarilishi yuzasidan oldin berilgan topshiriqlarning bajarilishi ustuvorlik berilgan tartibda ko‘rib chiqildi: rejalardan ortda qolayotgan loyihalar aniqlanib, ishlarning o‘z vaqtida bajarilishiga xalaqit berayotgan omillar o‘rganildi, mavjud masalalarni tezkor hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Qurilayotgan sanoat ob'ektlarini muhandislik kommunikasiyalariga o‘z vaqtida ulash, tegishli davlat organlari tomonidan ruxsatnomalarni to‘siqsiz berish, shuningdek, tashkil etilayotgan korxonalarni muvaffaqiyatli ishga tushirish va ulardan foydalanishga har tomonlama yordam berishning muhimligi ta'kidlandi.
 
Ushbu hududlarda “Loyiha fabrikalari”ni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar tanqidiy baholandi, shu sababli mas'ul rahbarlarga tezkor ravishda tegishli binolar qurilishini tugatish va tashkiliy masalalarni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
 
Yig‘ilish yakunida vazirliklar va idoralarning mas'ul rahbarlariga muddatlar va kutilayotgan natijalar belgilangan holda aniq topshiriqlar berildi. Topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishining monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan amalga oshiriladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться