O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

2020-08-09 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 7-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) vitse-Prezidenti A.Pilou bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston hukumati tomonidan koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish, shuningdek, global inqiroz jarayonlarining milliy iqtisodiyot va mamlakat aholisi farovonligiga ta'sirini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
 
Energetika, uy-joy kommunal xo‘jaligi, ekologiya va xususiy sektor sohasidagi loyihalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Tomonlar davom etayotgan loyihalarning amalga oshirilishini yanada tezlashtirish zarurligi hamda pandemiyaning respublika iqtisodiyotiga salbiy ta'sirini bartaraf etish uchun o‘zaro hamkorlikning istiqbolli mexanizmlari haqida fikr almashdilar.
 
YETTB rahbariyati tomonidan O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishni sezilarli darajada oshirish strategik maqsad sifatida belgilangani ma'lum qilindi va shu sababli O‘zbekiston tijorat banklariga kichik va o‘rta biznes loyihalari uchun kredit liniyalari shaklida qo‘shimcha moliyalashtirishni taqdim etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
 
O‘zbekiston bank va energetika sohasidagi islohotlarni izchil amalga oshirishda Bank bilan hamkorlikning ahamiyati qayd etildi. Shu nuqtai nazardan Respublikamizning bir qator tijorat banklarida davlat ulushini xususiylashtirish, energetika sohasidagi davlat-aksiyadorlik kompaniyalarining korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, shuningdek, neft'-gaz sanoatidagi islohotlar jarayonini boshlash bilan bog‘liq dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
 
Tomonlar katta eksport salohiyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotining eng samarali tarmoqlaridan biri - to‘qimachilik sanoatidagi loyihalarni moliyalashtirish istiqbollarini muhokama qildilar.
 
Shuningdek, YETTBning “Markaziy Osiyoda ishbilarmon ayollar” maxsus dasturi orqali O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun moliyalashtirishni jalb etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
 
Tadbir yakunida ishtirokchilar O‘zbekiston bilan YETTB o‘rtasidagi aniq yo‘nalishlar va loyihalar bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться