O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi bilan "Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish" loyihasining ikkinchi bosqichini moliyalashtirish to‘g‘risida Bitim imzolandi

2020-08-05 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 4-avgust kuni videokonferentsaloqa orqali Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (QXRXJ) Prezidenti J.Ungbo va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov "Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish" loyihasining 2-chi bosqichi doirasida 47 mln dollar miqdorida moliyalashtirish to‘g‘risidagi Bitimni imzoladilar.

Bitim shartlariga muvofiq, QXRXJ 46,2 mln dollar miqdoridagi uzoq muddatli imtiyozli qarz mablag‘larini, shuningdek, 800 ming dollar miqdoridagi grant mablag‘larini ajratadi.

Loyihaning Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan va u bir qator tarkibiy qismlardan iborat, jumladan:

- O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasining salohiyatini oshirish, O‘zbekiston ishbilarmon ayollari assotsiatsiyasi, Baliqchilik uyushmasi, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot Instituti faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy xalqaro sifat va xavfsizlik standartlarini joriy etish uchun agrosanoat korxonalari va fermerlarning kredit majburiyatlarini kafolatlash bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytirish uchun Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini moliyalashtirish;

- kredit mahsulotlaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga qishloq joylarda yoshlar va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash;

- qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, ekin maydonlarining hosildorligini va suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida sug‘orish tizimlari, meteorologik stantsiyalar va boshqa infratuzilma ob'yektlarini zamonaviylashtirish.

Loyihada zamonaviy issiqxonalar, intensiv bog‘lar barpo etish, ekologik toza va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish darajasini oshirish, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qayta ishlash quvvatlari va omborxonalar sig‘imini ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.

Loyiha doirasida ko‘zda tutilgan qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, qishloq joylarda qo‘shimcha yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rinlarini yaratish natijasida mehnat unumdorligi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini oshirish hisobiga loyiha hududning 375 mingdan ortiq aholisi daromadlarining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Marosim ishtirokchilari tomonidan ushbu loyihaning 2020-2030-yillarda O‘zbekistonda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasida belgilangan strategik maqsadlarga erishish, jumladan yer va suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash, tarmoqda investitsiya muhitini yaxshilash va mahalliy agrosanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish uchun muhimligini ta’kidladilar.

Tadbir yakunida tomonlar ishlab chiqarish va eksportning dinamik o‘sishini, qishloqlarda ko‘p yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlaydigan va umuman olganda, Respublika hududlarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan barqaror ishlab chiqarish-ta’minot zanjirlarini yaratish hamda ushbu sektorda zamonaviy texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish orqali O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasini jadal rivojlantirishga yo‘naltirilgan faol hamkorlikni davom ettirishga qat’iy niyatlarini bildirdilar.

Ma’lumot uchun: QXRXJ - BMTning ixtisoslashgan muassasasi bo‘lib, uning asosiy vazifasi rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat ishlab chiqarishni ko‘paytirish va aholining ovqatlanish holatini yaxshilash maqsadida moliyaviy resurslarni jalb qilishdir. 1977-yildan buyon QXRXJ 90 ta mamlakatda 350 mln odamga yordam berish bo‘yicha 700 tadan ortiq dastur va loyihalarni moliyalashtirish doirasida 10 mlrd dollar miqdoriga yaqin imtiyozli kredit va grantlar taqdim etdi.

QXRXJning O‘zbekistondagi loyihalar portfeli umumiy qiymati 139,5 mln dollarlik 4 ta loyihadan iborat, ulardan O‘zbekiston meva-sabzavot sektori rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan 1 ta 28,3 mln dollarlik loyiha 2019-yilda amalga oshirilgan, qolgan loyihalar esa hozirgi vaqtda amalga oshirish bosqichida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi va sut sanoati sektorida qo‘shilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirishga qaratilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться